Buxoro shahridagi ko‘hna Ark qal’asi old maydoni ertalabdan “Hosil bayrami”ga kelgan dehqonu fermerlar, bog‘bonu chorvadorlar, qishloq xo‘jaligi mutaxassislari, jamoatchilik vakillari bilan gavjum bo‘ldi.

Tadbir yurtimiz farovonligi, dasturxonimiz to‘kinligi yo‘lida fidokorona mehnat qilayotgan paxtakoru g‘allakorlar, sohibkoru chorvadorlar mehnatining munosib rag‘bati bo‘ldi.

Joriy yilda buxorolik paxtakorlar 300 ming tonnadan ziyod xirmon ko‘tardi. Viloyat paxtachilikdan 116 milliard 423 million so‘m sof foyda olishi kutilmoqda.

2.jpg

Viloyat dehqonlari joriy yilda 376 ming tonnadan ziyod g‘alla yetishtirdi. Ana shu hosilning yarmidan ziyodi fermer xo‘jaliklari ixtiyorida qoldirildi. Bu ularning manfaatdorligini yanada oshirishga xizmat qiladi.

Bugungi kunda viloyatda faoliyat ko‘rsatayotgan 7 ming 589 fermer xo‘jaligining 5 ming 249 tasi ko‘p tarmoqlidir. Ular chorvachilik, asalarichilik, baliqchilik, parrandachilikni rivojlantirishga munosib hissa qo‘shmoqda.

4.jpg

Yakunlanayotgan yilda viloyatda 204 ming tonnadan ziyod meva, 135,3 ming tonnaga yaqin uzum, 591 ming 681 tonna sabzavot, 101 ming 565 tonna poliz mahsulotlari va 181 ming 883 tonna kartoshka, 1 ming 855 tonna pilla yetishtirildi.

Prezidentimiz farmoniga asosan, Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni munosabati bilan soha peshqadamlaridan bir guruhi davlatimizning yuksak mukofotlari – unvon, orden va medallar bilan taqdirlandi. Ular orasida 11 nafar buxorolik ham bor. Romitan tumanidagi «Fayz – 2000» fermer xo‘jaligi rahbari Yahyo Fayziyev “Do‘stlik” ordeniga sazovor bo‘ldi.

9.jpg

– Yuksak mukofot nafaqat mening, balki jamoamiz, butun tumanimiz mehnatkashlari mehnatining e’tirofi, deb bilaman, – deydi Ya.Fayziyev. – Ular cho‘l sharoitida yuqori natijaga erishishda katta tajribaga ega fidoyi kishilardir. Joriy yilda 117 gektar yerda 405 tonna paxta yetishtirib, shartnoma rejasini oshirib bajardik. G‘alla maydonlari hosildorligi 60 sentnerga yetkazildi. Yetishtirilgan bug‘doyning 350 tonnasi xo‘jaligimiz a’zolarida qoldi. Erishgan yutuqlarimizda unumdorligi past cho‘l yerlarida dehqonchilik tadbirlarini amalga oshirishda davlat byujdeti hisobidan 85 million so‘m moliyaviy yordam-dotatsiya ajratilgani muhim omil bo‘ldi. Ayni paytda chorvachilik va sabzavotchilik bilan birga, baliqchilik bilan ham shug‘ullanayapmiz.

Marosimda viloyat qishloq xo‘jaligi ravnaqiga alohida hissa qo‘shgan bir guruh mehnatkashlar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Shuningdek, tuman hokimlarining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlariga xizmat avtomashinalari topshirildi.

“Hosil bayrami” tadbiri doirasida qishloq xo‘jaligi va hunarmandlik mahsulotlari ko‘rgazmasi tashkil etildi. Odatimizga ko‘ra, dasturxon yozilib, osh tortildi.

Tadbirda Buxoro viloyati hokimi O‘.Barnoyev so‘zga chiqdi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Buxoro viloyati paxtachilikdan 116 milliard 423 million so‘m sof foyda olishi kutilmoqda