Boysun – tog‘li yurt. Tabiati maftunkor. Suvlari zilol, havosi musaffo. Tog‘ va adirliklarda, soy bo‘ylarida yovvoyi holda yuzlab turdagi shifobaxsh giyohlar va mevalar o‘sib, yetiladi.

Tumaning umumiy maydoni 371 ming 829 gektardan iborat bo‘lib, uning 22 183 gektari ekin ekiladigan yerlar hisoblanadi. Boysun – shifobaxsh giyohlarga boy hudud. Shu bois Prezidentimizning 2017-yil 3-maydagi farmoniga muvofiq tumanda “Boysun-farm” erkin iqtisodiy zonasi tashkil etildi.

“Boysun-farm” erkin iqtisodiy zonasini tashkil etish maqsadida 39 gektar yer maydoni ajratildi. Tumanni farmatsevtika sanoati markaziga aylantirish, xorijiy investitsiyalar jalb etish, yangi ish o‘rinlarini tashkil qilish maqsadida 15 xil tibbiyot buyumlar va dori-darmon vositalarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalar tashkillashtirish bo‘yicha 44,2 mln. AQSh dollari qiymatidagi loyiha smetasi ishlab chiqildi.

Farmon asosida tashkil etilgan erkin iqtisodiy zonalarning faoliyat muddati keyinchalik uzaytirish imkoni bilan 30 yil etib belgilangan bo‘lib, ushbu hududlarda alohida soliq, bojxona va valyuta tartiblari amal qiladi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan, chetdan keltiriladigan texnologik asbob-uskunalar, xom-ashyo hamda butlovchi buyumlarni olib kirishda ushbu texnik vositalar bojxona to‘lovlaridan ozod etilishi nazarda tutilgan.

Mazkur farmonning 19-bandi ijrosi yuzasidan “Boysun-farm” erkin iqtisodiy zonasi hududida bojxona posti va bojxona omborlari faoliyatini tashkil etish nazarda tutilmoqda. Bundan tashqari, amalga oshirilayotgan ishlar, yangi tashkil etilayotgan erkin iqtisodiy zonada uchrayotgan muammolarni o‘rganish, ular yuzasidan asosli takliflar tayyorlash shuningdek, “Boysun-farm” erkin iqtisodiy zonasi vakillari tomonidan tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postlariga murojaat bo‘lganda, bojxona nazorati va rasmiylashtiruvini belgilangan tartibda tezkorlik bilan amalga oshirish uchun Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasining mas’ul xodimlari belgilandi.

Oldinda bajariladigan ishlar talaygina bo‘lsada, asosiysi maqsad sari ilk qadamlar qo‘yildi. O‘ylaymizki, yaqin kelajakda “Boysun-farm” erkin iqtisodiy zonasi plantatsiyalarida yetishtirilgan shifobaxsh giyohlardan tayyorlangan dori-darmonlar mamlakatimiz dorixonalarining peshtaxtalarini to‘ldirib turadi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Boysun-farm”da ishlar qizg‘in