Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

09.03.2017 17:43 Chop etish versiyasi

Bog‘da mavsum yumushlari

Bog‘da mavsum yumushlari Farg‘ona viloyati Bag‘dod tumanidagi bog‘dorchilikka ixtisoslashgan “Nomozov Inomjon Bag‘dod” fermer xo‘jaligi sohibkorlari bahorgi yumushlarga uyushqoqlik bilan kirishgan.

–Xo‘jaligimiz tasarrufidagi 15 gektar maydonda shaftoli, gilos, o‘rik, behi parvarishlanadi, – deydi xo‘jalik rahbari Oybek Namozov. – O‘tgan yili “Boymat”, “Nektarin” navli shaftolidan 100 tonna hosil olindi. Ayni kunlarda mevali daraxtlarga ishlov berish, mahalliy va mineral o‘g‘itlar bilan oziqlantirish tadbirlarini o‘z vaqtida va sifatli bajarishga asosiy e’tibor qaratilgan.

Muqimjon Qodirov (surat), O‘zA
487






Все о погоде - Pogoda.uz