O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 23-fevraldagi “Tadbirkorlarning ishlab chiqarish maydonlaridan foydalanishlarini yanada rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori asosida ilgari xususiylashtirilgan, qurilishi tugallanmagan obektlarni va foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlarini xo‘jalik faoliyatiga tezkorlik bilan jalb etish mexanizmi joriy etilmoqda.

Mazkur qarorga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida namunaviy tarkibda qurilishi tugallanmagan obekt va foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlarini xatlovdan o‘tkazish hamda aniqlash bo‘yicha Idoralararo komissiyalar tuzildi. O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining hududiy organi – idoralararo komissiyaning ishchi organi etib belgilandi. Edilikda idoralararo komissiya tomonidan investitsiya loyihasi amalga oshirilmaganligi to‘g‘risida xulosa chiqarilgandan keyingi oydan boshlab yuridik shaxslar – qurilishi tugallanmagan obekt va foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlarining soddalashtirilgan soliqqa tortish tartibini qo‘llayotgan mulkdorlari umumbelgilangan tartibdagi soliqlar hamda boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashga o‘tadilar. Shuningdek, yuridik va jismoniy shaxslar – mulkdorlar o‘zlariga tegishli ilgari xususiylashtirilgan qurilishi tugallanmagan obekt va foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydoni negizida investitsiya loyihasi amalga oshirilmagan hollarda ularga nisbatan mulk va yer solig‘i navbatdagi hisobot yilidan boshlab ikki karra miqdorda oshiriladi va har bir keyingi hisobot yilida ikki karra miqdorda, ammo 6 karradan ko‘p bo‘lmagan oshirib boriluvchi koeffitsiyent qo‘llanadi.

Ta’kidlash joizki, tijorat banklari ushbu Qarorda belgilangan vazifalarni ijro etish doirasida qurilishi tugallanmagan obekt va foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari negizida investitsiya loyihalarini amalga oshirayotgan yuridik va jismoniy shaxslarga, shuningdek, ijarachilarga imtiyozli kreditlar taqdim etadi. Kreditlar 12 oylik imtiyozli davr bilan 5 yilga qadar bo‘lgan muddatga va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasidan oshmaydigan stavkada beriladi.

Qaror ijrosi yuzasidan Toshkent shahar Mirobod tumanida idoralararo komissiya tomonidananiqlangan qurilishi tugallanmagan, bo‘sh turgan yoki to‘liq quvvatda faoliyat ko‘rsatmayotgan 15 ta xo‘jalik yurituvchi subekt faoliyatini chuqur tahlil qilib, ularning bo‘sh turgan ishlab chiqarish maydonlarining holatini o‘rganib chiqildi va ulardan investitsiya loyihalarini amalga oshirmagan ikkita xo‘jalik yurituvchi subekt umumbelgilangan tartibdagi soliqlar hamda boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashga o‘tdi. Shu tariqa bo‘sh turgan bino inshootlar negizida ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish loyihalarini ishga tushirish, yangi ish o‘rinlarini tashkil etish bo‘yicha bino inshoot egalari va ularga xizmat ko‘rsatuvchi tijorat banklari bilan birgalikda tarmoq jadvallari va investitsion pasportlarini shakllantirish ishlari olib borildi.

O‘rganish natijalari bo‘yicha mulk egalari ishtirokida bo‘sh turgan ishlab chiqarish maydonlaridan samarali foydalanish, ular negizida yangi tadbirkorlik loyihalarini amalga oshirish yuzasidan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bo‘sh turgan obektlarda investitsiya loyihalari amalga oshiriladi