Buvayda tumani qishloq xo‘jalik kasb-hunar kollejini bitirgan Dilfuza Asrorovaning asalarichilik ishini boshlashga oid g‘oyasi O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan hamkor tashkilotlar bilan birgalikda tashkil etilgan "Tadbirkor qizning eng yaxshi loyihasi – 2017" ko‘rik-tanlovida g‘olib, deb topildi.

O‘zbek Milliy akademik drama teatrida mazkur ko‘rik-tanlov g‘oliblarini taqdirlashga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi raisining o‘rinbosari G.Ma’rufova, "Tadbirkor ayol" O‘zbekiston ishbilarmon ayollar uyushmasi raisi G.Mahmudova va boshqalar mamlakatimizda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan oilalar, ayollar, yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish, ayniqsa, olis hududlarda tadbirkor ayollarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash orqali oilalar farovonligini yuksaltirishga alohida e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi.

Xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, "Tadbirkor ayol" O‘zbekiston ishbilarmon ayollar uyushmasi, Savdo-sanoat palatasi va boshqa tashkilotlar hamkorligida o‘tkazilayotgan mazkur ko‘rik-tanlov kasb-hunar kollejini bitirayotgan hamda tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagidagi qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning loyihalarini hayotga joriy etish imkonini bermoqda.

Joriy yilgi tanlovda minglab qizlar imtiyozli kredit olib, o‘z tadbirkorlik ishini boshlash istagini bildirgan. Ularning huquqiy, iqtisodiy bilim va ko‘nikmalarini oshirishda turli seminarlar, o‘quv mashg‘ulotlarining ahamiyati g‘oyat katta bo‘ldi. Bank tuzilmalari tomonidan kollej bitiruvchilarining tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish, ularni o‘z biznesini yo‘lga qo‘yishga ko‘maklashish uchun imtiyozli kreditlar ajratishga alohida ahamiyat qaratilmoqda.

"Tadbirkor qizning eng yaxshi loyihasi" ko‘rik-tanlovining final bosqichida loyihalar qishloq xo‘jaligi, servis, ishlab chiqarish yo‘nalishlarida saralandi.

Biznes-loyihasi eng yaxshi deb topilgan 82 tadbirkor qiz maxsus diplom, tijorat banklarining sertifikatlari va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Biznes-loyihasi eng yaxshi deb topilgan 82 tadbirkor qiz tijorat banklarining sertifikatlari bilan taqdirlandi