Qashqadaryo viloyatidagi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarini joriy yilda 46 ming 783 o‘quvchi bitirdi.

Viloyatda bitiruvchilarni ish bilan ta’minlash bo‘yicha maxsus chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqilgan. Unga ko‘ra, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini samarali mexanizmlar asosida ishga joylashtirish ishlarini tizimli tashkillashtirish bo‘yicha viloyat ishchi komissiyasi tuzilgan.

– Bitiruvchilar to‘g‘risidagi shaxsiy ma’lumotlar, ya’ni ularning kasbi, yashash manzili, pasport ma’lumotlari, amaliyot o‘tash uchun biriktirilgan korxona yoki tashkilot nomi, amaliyot o‘tash muddati, korxona, tashkilot va kollejdan biriktirilgan amaliyot rahbari, yashash joyidan amaliyot bazasigacha bo‘lgan masofa to‘g‘risidagi ma’lumotlar elektron baza dasturiga jamlanib, doimiy nazoratga olingan, – deydi Qashqadaryo viloyati o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Sherzod Jovliyev. – Belgilangan reja asosida 18 tayanch kasb-hunar kollejida bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi o‘tkazildi. Tadbirlarda har bir bitiruvchiga korxona va tashkilotlarning faoliyati, u yerdagi sharoit, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar turi, ish yuritish tartibi to‘g‘risida atroflicha tushuncha berildi.

O‘quvchi-yoshlarning o‘zi tanlagan sohasi bo‘yicha amaliy ko‘nikmasini mustahkamlash uchun ta’lim muassasalarida ishlab chiqarish korxonalari faoliyatini aks ettiruvchi maxsus o‘quv xonalari tashkil etilmoqda. Bu yerda o‘quvchilar korxonalar tarixi va buguni, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar turi va hajmi, xodimlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni bilib olishi mumkin. O‘quv xonalarida ishlab chiqarish ilg‘orlari, mehnat faxriylari bilan bitiruvchilar o‘rtasida uchrashuv, davra suhbatlari o‘tkazilayotir.

Kasb-hunar kolleji bitiruvchilari bandligini ta’minlashda o‘quvchilarni tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Joriy yilda 3 ming 524 o‘quvchi qishloq xo‘jaligi, xizmatlar, yengil sanoat, oziq-ovqat sanoati, transport, axborot texnologiyalari va aloqa sohasida 34 milliard so‘mdan ortiq kredit olish istagini bildirgan. Ayni paytda ularning bunday ezgu intilishlarini ro‘yobga chiqarish yuzasidan hamkor tashkilotlar bilan amaliy choralar ko‘rilmoqda.

Tegishli dasturga muvofiq, kasb-hunar kollejlari va oliy o‘quv yurtlari bitiruvchilarini ishga joylashtirish va o‘z biznesini yo‘lga qo‘yishiga ko‘maklashish maqsadida haftalik “Start-ap” loyihasi tashkil etilayotgani ham yoshlarning tadbirkorlik sohasidagi ko‘nikmasini oshirishga xizmat qilmoqda. Ayni paytda viloyatdan 663 bitiruvchining loyihasi O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining “biznes.mehnat.uz” saytiga kiritilgan.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bitiruvchilar ish bilan ta’minlanmoqda