O‘zA O`zbek

28.01.2014 15:20 Chop etish versiyasi

Bank madadi – ish rivoji

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Chimboy tumanida 2013-yilda ish boshlagan “Ulzada sheber” oilaviy korxonasida 14 nafar xotin-qiz bandligi ta’minlangan.

- Korxonani zamonaviy tikuv dastgohlari bilan jihozlashda "Qishloq qurilish bank" aksiyadorlik tijorat bankining Chimboy bo‘limidan olingan kredit qo‘l keldi, - deydi mazkur korxona rahbari Parvoz Yerejepova. - Ayni paytda mohir chevarlarimiz o‘ndan ziyod turda tikuvchilik mahsulotlari va buyurtma asosida maxsus ish kiyimlari tayyorlamoqda.

Kelgusida korxona huzurida non sexi va avtomobillarni ta’mirlash ustaxonasini ishga tushirish rejalashtirilmoqda.


O‘zA, Maqsad Habibullayev (surat)
15 725