Poytaxtimizda Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi siyosiy kengashi ijroiya qo‘mitasi qator vazirlik va tashkilotlar bilan hamkorlikda “Mehnat bozori rivojida davlat va xususiy sektor hamkorligi” mavzuida ochiq muloqot o‘tkazdi.

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan qabul qilingan 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini takomillashtirish, xususan, tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash maqsadida ta’lim muassasalari bitiruvchilariga tadbirkorlikni boshlashi uchun kredit mablag‘lari ajratish masalasiga alohida e’tibor qaratilgani ta’kidlandi.

Prezidentimizning 2017-yil 24-maydagi “Bandlik sohasida davlat siyosatini yanada takomillashtirish va mehnat organlari faoliyati samaradorligini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni bu borada dasturilamal bo‘lmoqda. Unga ko‘ra, O‘zbekiston Mehnat vazirligi O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi etib qayta tashkil qilindi.

– Yoshlarni, ayniqsa, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari va aholining boshqa ijtimoiy himoyaga muhtoj toifalari uchun ixtisoslashtirilgan ish o‘rni yarmarkalari o‘tkazish, aholi va ish beruvchilar uchun mehnat organlari ko‘rsatayotgan xizmatlarning sifati va hammabopligini oshirishga ko‘maklashmoqdamiz, – deydi Respublika aholi bandligi, mehnatni muhofaza qilish ilmiy markazi direktorining birinchi o‘rinbosari Botir Alimuhamedov. – Shaxsiy biznesini tashkil etishni xohlovchi, ilk bor mehnat bozoriga kirib kelayotgan yoshlarning tadbirkorlik tashabbuslarini rag‘batlantirmoqdamiz. Band bo‘lmagan aholini kasb-hunarga tayyorlash va qayta tayyorlashning samarali tizimi yaratilmoqda. Kam ta’minlangan oilalarni manzilli ijtimoiy himoyalashni kuchaytirish, ularni oilaviy tadbirkorlikka va hunarmandlikka jalb etish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rilmoqda.

Ochiq muloqotda aholi bandligini ta’minlash borasida olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlarga qaramasdan, bandlik sohasidagi mavjud muammolarni hal etishda haligacha eskirgan ish shakllari va usullaridan foydalanilayotgani, mehnat bozoridagi haqiqiy vaziyatni buzib ko‘rsatish hollari saqlanib qolayotgani, oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining bitiruvchilarini ishga joylashtirishga yuzaki yondashuvlar uchrayotgani qayd etildi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bandlikni ta’minlash – dolzarb masala