Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

16.03.2017 19:44 Chop etish versiyasi

“Bahor”u “Yomg‘ir”dan “Yulduzlar”gacha

“Bahor”u “Yomg‘ir”dan “Yulduzlar”gacha Buxoro shahridagi “Buxoro brilliant silk” O‘zbekiston–Xitoy qo‘shma korxonasida 270 ga yaqin ishchi-xodim mehnat qiladi. Ularning aksariyati kasb-hunar kollejini bitirgan yosh mutaxassislardir.

Zamonaviy jihozlangan korxonada “Bahor”, “Yomg‘ir”, “Yulduzlar” kabi o‘nlab ko‘rinishdagi matolar ishlab chiqarilmoqda. Ekologik toza, har qanday iqlimga mos bu matolarning rangi o‘chmaydi, suv va quyosh nuriga chidamli. Shuning uchun bu mahsulotlarga iste’mol bozorida talab yuqori.

O‘tgan yili korxona Eron, Vetnam, Turkiya va Hindiston davlatlariga qariyb 2,5 million dollarlik mahsulot eksport qildi.

A’lo Abdullayev (surat), O‘zA
1 319






Все о погоде - Pogoda.uz