Mamlakatimizda moliyaviy va jamoatchilik institutlarini tizimli ravishda shakllantirish va rivojlantirish iqtisodiy islohotlarning muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Bu esa korxonalarning samarali faoliyat ko‘rsatishi, ishbilarmonlik muhitining yaxshilanishi va tadbirkorlik faoliyatining rivojlanishiga olib keladi.

Auditorlik faoliyati xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyati ochiqligini ta’minlashda muhim instrumentlardan biri hisoblanadi. Auditorlik xizmatlarini ko‘rsatish jarayonida auditorlik tashkilotlari xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy hisobotlari to‘g‘riligiga baho beradi. Xususan, moliyaviy hisobotning to‘g‘riligini tasdiqlaydi yoki ushbu moliyaviy hisobotga ishonib bo‘lmasligi haqida o‘zining asoslangan fikrini bayon qiladi. O‘z navbatida o‘tkazilgan auditorlik tekshiruvi barcha darajadagi korxona va tashkilotlarning faoliyat samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

O‘zbekiston Respublikasining “Auditorlik faoliyati to‘g‘risida”gi qonuniga muvofiq auditorlik faoliyati deganda auditorlik tashkilotlarining auditorlik xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha tadbirkorlik faoliyati tushuniladi. Auditorlik tashkiloti auditorlik faoliyatini amalga oshirish litsenziyasiga ega bo‘lgan yuridik shaxsdir. U shartnoma asosida auditorlik xizmatlarini ko‘rsatadi. Auditorlik tashkilotlari o‘z faoliyatini amalga oshirishda mustaqildir. Auditorlik tashkilotlari vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralari hamda boshqa davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari tomonidan tuzilishi mumkin emas.

Mamlakatimizda auditning milliy amaliyoti iqtisodiyotning rivojlanib borayotgan instituti sifatida raqobat sharoitida shakllanmoqda. Bugungi kunda yuzdan ortiq auditorlik tashkiloti faoliyat ko‘rsatmoqda. Ular orasida “ERNST & YOUNG”, “Praysvoterxaus Kupers”, “Deloitte va Touche”, “KPMG AUDIT” singari dunyoga taniqli bo‘lgan xalqaro auditorlik kompaniyalari sho‘ba korxonalari ham bor.

Bugungi kunda auditorlik tashkilotlariga uch turdagi litsenziya beriladi (litsenziya turi auditorlik tashkilotining ustav kapitali miqdori, auditorlar soni, xalqaro professional buxgalter sertifikatiga ega bo‘lgan mutaxassislar soniga qarab farqlanadi). Mazkur yo‘nalishdagi tahlillar auditorlik tashkilotlarining oddiy darajadagi litsenziyadan yuqori toifadagi litsenziyaga o‘tish tendensiyasi ortayotganini ko‘rsatmoqda. Bu esa auditorlik tashkilotlari yiriklashayotgani va salohiyati ortib borayotganidan dalolat beradi.

Xalqaro maydonda bozor munosabatlarining rivojlanishi va iqtisodiy integratsiyalashuv jarayonlarining kuchayishi bilan ko‘pgina yirik mahalliy auditorlik tashkilotlari audit sohasidagi xalqaro tarmoqlarga a’zo bo‘lib kirmoqda. Natijada ular auditning ham milliy, ham xalqaro standartlari bo‘yicha auditorlik xizmatlari ko‘rsatmoqda. 2016 yil yakuniga ko‘ra, auditning xalqaro tarmoqlariga kirgan auditorlik tashkilotlarining salmog‘i jami auditorlik tashkilotlari soniga nisbatan 17,8 foizni tashkil qildi.

Bugungi kunda auditorlik tashkilotlarining 70 foizdan ko‘prog‘i o‘n yil va undan ortiq muddat mobaynida professional faoliyat bilan muntazam shug‘ullanib kelmoqda. Bu esa mamlakatimizda auditning professionallik darajasi oshayotgani va uning o‘rni mustahkamlanib borayotganini ko‘rsatadi.

Mamlakatimizda auditning 25 yildan ortiq rivojlanishi shuni ko‘rsatdiki, O‘zbekiston Respublikasida audit yagona iqtisodiy tizimning ajralmas qismi sifatida rivojlanib kelmoqda. Shu bilan birgalikda, bozor islohotlarini demokratlashtirish va iqtisodiyotni liberallashtirish jarayonlarining tez sur’atlar bilan rivojlanib borishi milliy standartlarni takomillashtirish hamda auditorlik amallari xalqaro talablarga to‘liq mos kelishini ta’minlash orqali milliy auditni yanada rivojlantirish zaruratini taqozo qilmoqda.

Muxtasar aytganda, auditorlik faoliyati rivojlanishining hozirgi bosqichida auditning milliy va xalqaro standartlari o‘zaro mosligi o‘ta muhim sanaladi va uning ahamiyati mazkur standartlar takomillashib borayotgan sharoitda yanada ortmoqda. Shu bois auditorlik faoliyati standartlarini takomillashtirish jahondagi o‘zgarishlarni muntazam ravishda hisobga olgan holda amalga oshiriladigan uzluksiz jarayon hisoblanadi.

Sharofiddin Haydarov,

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
boshqarma boshlig‘i.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Audit – faol ishbilarmonlik muhitining muhim omili