Poytaxtimizdagi "O‘zko‘rgazmasavdo" markazida joriy yil 1-10-dekabr kunlari asal bayrami va asal mahsulotlari ko‘rgazma-yarmarkasi bo‘lib o‘tmoqda. Unda yurtimizning barcha hududlaridan kelgan 250 dan ortiq asalarichilik subyekti o‘z mahsulotlari bilan ishtirok etmoqda. Xalqaro press-klubning navbatdagi sessiyasi mazkur tadbir maydonchasida o‘tkazildi.

"O‘zbekistonda asalarichilik: yangi yo‘nalish, yangi islohotlar" mavzuida o‘tgan anjumanda O‘zbekiston asalarichilari uyushmasi raisi Sherali Suyarqulov, soha mutaxassislari mamlakatimizda asalarichilik rivoji, asal va asal mahsulotlari ishlab chiqarish jarayoni, uning shifobaxsh xususiyatlari haqida ma’lumot berdi.

Ta’kidlanganidek, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 16-oktabrdagi “Respublikamizda asalarichilik tarmog‘ini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori sohani yangi bosqichda rivojlantirishning muhim omili bo‘lmoqda.

Mazkur qaror asosida tarmoqda naslchilik ishlarini ilmiy asosda tashkil etish, asalarichilik xo‘jaliklari faoliyati samaradorligini oshirish, asal mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi va turlarini yanada ko‘paytirish, asalni qayta ishlash bo‘yicha zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, sohaning eksport salohiyatini oshirish, shuningdek, asalarichilik sohasidagi ilg‘or tajribalarni mamlakatimizning barcha hududlarida tatbiq etish ishlari boshlab yuborildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 1 kilogramm asal yetishtirish uchun asalari taxminan 40 ming kilometr masofani bosib o‘tadi. Buning uchun unga 1 qoshiq asal quvvati yetarli bo‘ladi. Demak, asal mashaqqatli mehnat evaziga hosil bo‘lishi bilan ham qadrli va inson salomatligi uchun g‘oyat foydalidir.

Hozirgi kunda O‘zbekistonda 13 mingga yaqin asalarichilik subyekti mavjud. Joriy yil yurtimiz asalchilari 15 ming tonna asal va asal mahsulotlari yetishtirdi. Bu ko‘rsatkich 2021-yilga borib 23 ming tonnadan oshishi kutilmoqda. Buning uchun zarur sharoitlar yaratilmoqda, tarmoqqa yangi texnologiyalar joriy etilib, ilmiy izlanishlar davom etmoqda. Xususan, O‘zbekiston asalarichilari uyushmasi asal mahsulotlari ishlab chiqarishning texnologik jarayonlarini tizimli tashkil etish, asalari paketlari yetishtirish va ozuqa bazasini mustahkamlash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish kabi chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda.

Bu jarayonda "Aloqabank" ham faol ishtirok etmoqda.

– Mamlakatimizda asalarichilik tarmog‘ini rivojlantirish uchun 36 milliard so‘m imtiyozli kreditlar ajratildi, – deydi "Aloqabank" boshqaruvi raisi K.Irisbekova. – Bu mablag‘ asalari uyalarini ko‘paytirish, mahsulotlarni qayta ishlash va qadoqlash, sohaga ilg‘or texnologiyalarni joriy etish kabi maqsadlarga yo‘naltirildi.

Yurtimizning tabiiy musaffo havosi, xushbo‘y gullari, ekologik toza bog‘larida, vitaminlarga to‘yingan giyohlari asosida yetishtirilgan asalga xorijda ham talab ortmoqda. Bu yil ilk bor 10 tonnaga yaqin asal eksport qilingan. Yaqin yillar ichida eksport hajmi keskin ortishi kutilmoqda.

– Demak, biz sifatli asal yetishtirish ko‘lamini kengaytirishimiz zarur, – deydi O‘zbekiston asalarichilari uyushmasi raisi Sh.Suyarqulov. – Buning uchun, avvalo, asalarichilik sohasi bo‘yicha kadrlar tayyorlashimiz kerak bo‘ladi. Bu borada qishloq xo‘jaligi sohasiga ixtisoslashgan oliy ta’lim muassasalarida asalarichilik yo‘nalishlarini tashkil qilish rejamiz bor. E’tiborli yana bir jihat shundaki, odatda biz asalarichilik, deganda ko‘z oldimizga asal keladi. Lekin asalarichilik birinchi navbatda changlatish, demakdir. Ya’ni gullagan mevali daraxtlar va boshqa o‘simliklar, ekinlarni asalari changlasa hosildorligi ortadi. Misol uchun, mamlakatimizda, taxminan aytaylik, 100 milliard so‘mlik asal mahsulotlari yetishtirilgan bo‘lsa, changlatish orqali mirishkorlarimiz hosildan o‘n-o‘n besh barobar ko‘p foyda oladi. Kelajakda biz changlatish tizimini yanada rivojlantirishimiz kerak.

Tadbirda O‘zbekiston asalarichilari uyushmasining istiqbolli rejalari aytib o‘tildi. "Apimondiya" xalqaro asalarichilik uyushmalari federatsiyasiga a’zo bo‘lish, asalarichilarga huquqiy, moliyaviy yordam ko‘rsatish, eksport hajmini yil sayin oshirish uyushma oldidagi eng dolzarb vazifalardan sanaladi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Joriy yil yurtimiz asalchilari 15 ming tonna asal va asal mahsulotlari yetishtirdi