Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Farg‘ona viloyati kengashi tomonidan asalarichilik xo‘jaliklarini yanada rivojlantirish, sohadagi ilg‘or tajribalarni ommalashtirishga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Farg‘ona viloyati kengashi tomonidan asalarichilik xo‘jaliklarini yanada rivojlantirish, sohadagi ilg‘or tajribalarni ommalashtirishga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi. Unda soha mutaxassislari, tadbirkorlar, mahalliy Kengashlar deputatlari, yoshlar ishtirok etdi.

Farg‘ona viloyatida 1000 dan ziyod asalarichilik subyekti faoliyat ko‘rsatmoqda. Viloyat asalarichilar uyushmasi qoshida tashkil etilgan ishlab chiqarish o‘quv markazida sohani yanada rivojlantirish, jahon tajribasini o‘rganish borasida muayyan ishlar amalga oshirilayotir. Markazda ilmiy-tekshiruv laboratoriyasi, trening zallari, ixtisoslashtirilgan kutubxona, elektron arxiv bazasi, shuningdek, asalni qayta ishlash va qadoqlash sexi, tikuvchilik, mum-parda, asbob-uskuna va asalari uyasi ishlab chiqarish sexlari faoliyat yuritmoqda. Naslchilik laboratoriyasi, qariyb 2 gektarlik eksperimental bog‘ va asal beruvchi o‘simliklarni yetishtirishga mo‘ljallangan ekin maydoni tashkil etilgan.

Prezidentimiz Farg‘ona viloyatiga tashrifi chog‘ida mazkur o‘quv markazida bo‘lib, bu yerda olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi. Asalarichilikni rivojlantirish, soha mutaxassislarini tayyorlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi. Davra suhbatida ana shu jihatlarga alohida e’tibor qaratildi.

– Intensiv texnologiya asosida asal yetishtirmoqdamiz – deydi asalchi Z.Siddiqov. – Yog‘ochdan yasalgan besh qavatli qoliplar asalari yig‘ish uchun juda qulay sanaladi. Kanadada asalarichilik hayratlanarli darajada tashkil etilgan. U yerda tabiiy o‘rmon-o‘tloq juda ko‘p. Shu bois asal sanoati juda rivojlangan. Bitta asalarichi yiliga 70 tonnaga yaqin asal yetishtiradi. Viloyatimizda ham xalqaro tajribalarni o‘rgangan holda sohada yaxshi maktab yaratilgan. Viloyat asalarichilar uyushmasi biz kabi soha bilan shug‘ullanuvchilarga doimo yordam berayotgani bunda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Tadbirda ishtirokchilarga asalning shifobaxsh xususiyatlari, uni yetishtirishning yangi usullari, mahsulotni eksport qilish tartibi, asalarida uchraydigan kasalliklar va ularni davolash, zararkunandalarga qarshi kurashish choralari to‘g‘risida atroflicha ma’lumot berildi. Asalarichilik sohasida faoliyat yuritayotgan 5 tadbirkorga tijorat banki kreditlarini olish ruxsatini beruvchi sertifikatlar topshirildi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Asal yetishtirish ko‘paymoqda