Andijon shahridagi sobiq “Elektrodvigatel” ochiq aksiyadorlik jamiyati hududida tashkil etilgan kichik sanoat zonasida avtomobillar uchun ehtiyot qismlar, alyumin, plastmassa, qurilish materiallari, sanoat va trikotaj, non va qandolat mahsulotlari ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan 23 loyiha amalga oshiriladi. Natijada 300 dan ziyod ish o‘rni yaratiladi.

– Umumiy maydoni 6,5 gektar bo‘lgan mazkur hududda belgilangan loyihalar doirasida 9 milliard 471 million so‘m hamda 1 million 636 ming dollar miqdordagi investitsiya kiritilib, qator yangi korxonalar ishga tushirildi, – deydi Andijon shahar hokimligi huzuridagi Infratuzilma mulklarini boshqarish markazi davlat unitar korxonasi rahbari vazifasini bajaruvchi Islombek Qambarov. – Ayni kunga qadar 21 korxona faoliyati yo‘lga qo‘yilib, 304 nafar kishi doimiy ish o‘rniga ega bo‘ldi.

Mazkur hududda samarali faoliyat yuritayotgan “And belita” xususiy korxonasida bolalar, ayollar va erkaklar uchun 50 dan ortiq turdagi sifatli, bejirim paypoqlar ishlab chiqarilmoqda.

Korxona tomonidan qariyb 600 million so‘m hamda 537,9 ming dollar miqdorida investitsiya kiritilib, ishlab chiqarish sexlari qayta jihozlandi, Xitoydan 50 dan ortiq zamonaviy paypoq to‘qish dastgohlari, boshqa zarur uskunalar olib kelib ishga tushirildi.

13.JPG

– Korxonamizda joriy yilning o‘tgan to‘qqiz oyi davomida umumiy qiymati 2,5 milliard so‘mga yaqin 1,6 million dona paypoq ishlab chiqarildi, – deydi korxona rahbari Botirjon Komilov. – Mahsulotlarimiz sifatiga alohida e’tibor qaratmoqdamiz.

Ayni kunda korxonaning to‘qish, qadoqlash sexlarida 45 xotin-qiz mehnat qilmoqda. Ularning samarali ish yuritishi uchun zarur barcha sharoit yaratilgan. Korxona mutaxassislari kelgusi yildan boshlab korxona mahsulotlarini eksport qilish bo‘yicha rossiyalik hamkorlar bilan kelishuv tuzish bo‘yicha ish olib bormoqda.

“Lucky paper” mas’uliyati cheklangan jamiyatida esa Xitoy texnologiyasi asosida yaroqsiz qog‘ozlar qayta ishlanib, qadoqlash, o‘rov qog‘ozlari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan.

– Kichik sanoat hududida zarur infratuzilma, qator qulayliklarning yaratilganligi faoliyatimizning samarali bo‘lishida muhim rol o‘ynamoqda, – deydi “Lucky paper” mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori Anvar Muxtorov. – Elektr energiyasi, suv ta’minoti masalalari to‘la-to‘kis hal etilgan. Hozir korxonamizda asosan 130 dan 160 milligrammgacha bo‘lgan qalinlikdagi o‘rov qog‘ozlari ishlab chiqarilmoqda. Mahsulotlarimizdan asosan tort, qandolat mahsulotlarini qadoqlash uchun maxsus idishlar tayyorlanmoqda. 8 kishi mehnat qilayotgan korxonamizda joriy yilning o‘tgan davrida qariyb 200 tonna yaroqsiz qog‘oz qayta ishlanib, 450 million so‘mlik mahsulot tayyorlandi.

“Stapak rivoj” mas’uliyati cheklangan jamiyati o‘zining aylanma mablag‘lari hisobidan zamonaviy dastgoh sotib olib, ishga tushirdi. Natijada polietilen xaltalar ishlab chiqarish, shuningdek, plyonkaga gul bosish, yorliqlar chop etish yo‘lga qo‘yildi.

8.JPG

– Korxonamizda ishlab chiqarilayotgan trikotaj mahsulotlarini qadoqlash uchun ustiga yorliq tushirilgan maxsus plyonka xaltalarni avval poytaxtimiz Toshkentda tayyorlatib, olib kelar edik, – deydi “Xo‘jaobod-Fazo” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari Rustam Burxonov. – Endilikda bunday plyonkaga yorliq tushirish Andijonning o‘zida bajarilayotganligi bizga qo‘l kelmoqda.

Ayni kunda 11 nafar kishi mehnat qilayotgan ushbu korxonada joriy yilning o‘tgan davrida 500 million so‘mlik mahsulot xaridorlarga yetkazib berildi.

Mazkur kichik sanoat zonasida tadbirkorlarga yaratib berilgan qulay sharoitlar tufayli “And ved stroy”, “Segaza quyuvchi”, "Ulkan biznes invest”, “Sadaf mramor rivoj”, “Husniddin Abduqunduz” singari qator korxonalar samarali faoliyat ko‘rsatmoqda. Ular tomonidan ishlab chiqarilayotgan alyumin detallar, temir quvurlar, non va sut mahsulotlari ichki bozorni to‘ldirish, xalqimizning ushbu mahsulotlarga bo‘lgan ehtiyojini qondirish bilan birga mamlakatimiz iqtisodiyotini yuksaltirishga xizmat qilmoqda.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Andijon shahridagi kichik sanoat zonasida 21 korxona faoliyati yo‘lga qo‘yildi