Milliy matbuot markazida “Agros Hayot” sug‘urta kompaniyasining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

“O‘zagrosug‘urta” aksiyadorlik jamiyati mamlakatimiz sug‘urta bozorida o‘zining mustahkam o‘rniga ega bo‘lib, aholiga 120 dan ortiq sug‘urta xizmatini ko‘rsatib kelmoqda. Milliy sug‘urta bozorida hayot sug‘urtasi sohasini rivojlantirish, olis hududlarda istiqomat qiluvchi aholi o‘rtasida jamg‘arib boriladigan sug‘urta turlarini hamda hayot sug‘urtasini keng targ‘ib qilish maqsadida jamiyat tarkibida “Agros Hayot” sug‘urta kompaniyasi tashkil etildi.

“Agros Hayot” yuridik va jismoniy shaxslarga hayot sug‘urtasi, tibbiy sug‘urta hamda umumiy sug‘urta bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatadi. Ayni vaqtda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida kompaniya filiallari tashkil etildi.

– Hayotni sug‘urta qilish mahsulotlaridan foydalanishning afzalliklari haqida har bir kishiga yetkazishga harakat qilayapmiz, – deydi “Agros Hayot” sug‘urta kompaniyasi bosh direktori o‘rinbosari Jahongir Yo‘ldoshev. – Sog‘liq va hayotni sug‘urta qilish – ijtimoiy himoyalanish va moliyaviy rejalashtirish imkonini beruvchi zamonaviy xizmatlardan biridir. Ayniqsa, inson hayoti bebahodir. Shu bois hayotni sug‘urta qilish bilan bog‘liq mahsulotlarimiz hayotiy voqealar yoki kutilmagan sarf-xarajatlar kabi turli qiyinchiliklardan oilalarni saqlash uchun ishlab chiqilgan. Yaqin kunlarda ixtiyoriy tibbiy sug‘urta, chet elga chiquvchi shaxslarning tibbiy sug‘urtasi, yuqumli kasalliklardan sug‘urtalash, sportchilarni baxtsiz xodisalardan sug‘urtalash, kredit oluvchi hayotini sug‘urtalash kabilar amaliyotga tatbiq etiladi.

Anjumanda aholining sug‘urta madaniyatini oshirish, odamlarning sug‘urta xizmatidan foydalanish va sug‘urta qilish afzalliklari haqida to‘la ma’lumot olishiga imkoniyat yaratish zarurligi qayd etildi. Milliy sug‘urta bozoridagi sug‘urta tashkilotlarining o‘rni va faoliyatini keng jamoatchilikka yetkazish, bu boradagi targ‘ibot-tashviqot ishlarini takomillashtirish maqsadida “O‘zagrosug‘urta” aksiyadorlik jamiyati tomonidan «Sug‘urta jurnalistlar nigohida» tanlovi o‘tkazib kelinmoqda.

– Bu yil tanlov g‘oliblari to‘rt yo‘nalishda aniqlandi, – deydi “O‘zagrosug‘urta” aksiyadorlik jamiyati departament menejeri Sherzod Islomov. – Matbuot sahifalarida e’lon qilingan maqola, efirga uzatilgan teleko‘rsatuv va lavhalar, radioeshittirishlar, internet sahifalariga joylashtirilgan materiallarning eng saralari tanlab olindi.

Tanlov g‘oliblari diplom va sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mamlakatimizda yangi sug‘urta kompaniyasi faoliyat boshladi