Mamlakatimizda iqtisodiyotni isloh etish va diversifikatsiyalash, faol investitsiya siyosati yuritish, yetakchi tarmoqlarni modernizatsiyalash va texnologik jihatdan qayta jihozlash, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish hisobiga har yili minglab yangi ish o‘rinlari yaratilmoqda.

Mamlakatimizda iqtisodiyotni isloh etish va diversifikatsiyalash, faol investitsiya siyosati yuritish, yetakchi tarmoqlarni modernizatsiyalash va texnologik jihatdan qayta jihozlash, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish hisobiga har yili minglab yangi ish o‘rinlari yaratilmoqda. Bu o‘z navbatida aholi, avvalambor yoshlar bandligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Davlatimiz rahbarining 2017-yil 24-maydagi “Bandlik sohasida davlat siyosatini yanada takomillashtirish va mehnat organlari faoliyati samaradorligini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha muvofiqlashtirilgan samarali ishlarni amalga oshirishda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro hokimiyati organlarining mas’uliyatini tubdan kuchaytirishga xizmat qiladi.

Ushbu hujjatga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi etib qayta tashkil etildi va uning ustuvor vazifalari hamda faoliyat yo‘nalishlari belgilandi.

Farmonda 2018-yilning 1-yanvaridan boshlab kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va oliy ta’lim muassasalarining birinchi marotaba ishga joylashgan bitiruvchilari, agar ular ta’lim muassasasini tamomlagan kundan boshlab uch yildan ortiq vaqt o‘tmagan bo‘lsa, ishga joylashganidan keyin birinchi yil davomida ish haqidan olinadigan daromadlari bo‘yicha yagona ijtimoiy to‘lovning o‘rnatilgan stavkasini 50 foizga, ularning ikkinchi va uchinchi yil davridagi ish faoliyati bo‘yicha 25 foizga kamaytirish belgilandi. Bu imtiyoz byudjet tashkilotlari, monopolist tashkilotlar, ustav jamg‘armasida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foizdan ortiq bo‘lgan tashkilotlarga ishga joylashtirilganlarga tatbiq qilinmaydi.

Mazkur me’yorlar ish beruvchilarning bitiruvchilarni ishga joylashtirishdan manfaatdorligini oshirish hamda imtiyozni qo‘llash natijasida bo‘shaydigan mablag‘larning bir qismini yoshlarning kasb malakasini oshirish bo‘yicha tadbirlarga yo‘naltirish imkonini beradi.

Farmonga binoan aholi bandligini ta’minlashga zamonaviy texnologiyalarni keng jalb etish maqsadida 2019-yildan boshlab xodimlarning mehnat faoliyati davri, maxsus staji va davlat ijtimoiy sug‘urtasiga to‘lagan to‘lovlar miqdori bo‘yicha ishonchli ma’lumotni hamda xodimning kasbiy o‘sishiga doir boshqa ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan “elektron mehnat daftari” tizimini bosqichma-bosqich joriy etish ko‘zda tutilgan.

Bu kabi chora-tadbirlar mehnat bozorini yanada rivojlantirish, mehnat qonunchiligini takomillashtirish orqali aholi bandligini ta’minlash samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

O‘zbekiston Respublikasi
Adliya vazirligi
axborot xizmati

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Aholi bandligi – farovonlik omili