Samarqand avtomobilsozlik kollejida mamlakatimizda jadal rivojlanib borayotgan avtosanoat sohasi uchun zamonaviy bilim va kasb ko‘nikmalarini o‘zlashtirgan kichik mutaxassislar tayyorlanmoqda.

Bu yil kollejni bitirgan 300 nafarga yaqin yosh “Samarqand avtomobil zavodi”, “Samarqand avtotexxizmat”, “Uz Auto Trailer”, “JV MAN Auto-Uzbekistan” va boshqa korxonalarda mehnat faoliyatini boshlaydi.

– O‘quvchilarimizning o‘quv va ishlab chiqarish amaliyoti ular kelgusida ishga joylashishi mumkin bo‘lgan korxonalarda tashkil etilishi yoshlarning kollejda olgan nazariy bilimlarini amalda mustahkamlash, kasb ko‘nikmalarini shakllantirishga yordam bermoqda, – deydi kollej direktori S.Hamroyev. – Amaliyot "ustoz-shogird" tizimi asosida tashkil etilib, har bir bitiruvchi korxonalardagi tajribali mutaxassislarga biriktirilib, ularga kasb o‘rgatiladi. Bu davrda ular oylik maosh va issiq ovqat bilan ta’minlanmoqda. O‘quvchilar bu imkoniyatlardan samarali foydalanib, amaliyot paytida kasb malakasini shakllantirishga, kelgusida shu yerda ishlashga intiladi.

Joriy o‘quv yilida kollej bitiruvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovlarda ularning aksariyati “JV MAN Auto-Uzbekistan” qo‘shma korxonasida ishlash niyatida ekanligini bildirdi. Korxona xodimlari ana shunday istakdagi yoshlar bilan suhbatlashib, ularning bilimini sinovdan o‘tkazdi va testda yuqori ball to‘plagan 46 nafar o‘quvchi saralab olindi. Ular korxona sexlarida yana bir bor nazariy va amaliy sinovlardan o‘tdi. Yakunda 28 nafar bitiruvchi ushbu zavodda ish faoliyatini boshlaydigan bo‘ldi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
28 nafar kollej bitiruvchisi “JV MAN Auto-Uzbekistan”da ishlaydi