Iqtisodiyot

Modernizatsiya samarasi

O‘zA, Alisher Isroilov (surat), 27.01.2012 18:54

Samarqand shahridagi “Alpomish” mas’uliyati cheklangan jamiyati avtomobil va traktorlar dvigatellari uchun ehtiyot qism – gilza ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. 2011 yili bu yerda modernizatsiya tadbirlari yakunlangach, ishlab chiqarish hajmi va sifati sezilarli darajada yaxshilandi.

Modernizatsiyadan oldin korxonaning metallni eritish sexi uchun har kuni o‘rtacha 15 tonnagacha qum kerak bo‘lar edi. Endi qumdan foydalanishga zarurat qolmadi.

“Alpomish” mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori o‘rinbosari Hamid Abdiyevning aytishicha, modernizatsiya natijasida 2011 yili korxonada eksport hajmi 250 foizni tashkil qilgan. Mahsulotlar Hindiston, MDH davlatlari va boshqa xorijiy davlatlarga eksport qilinmoqda.

Ish ikki smenada tashkil etilgan korxonada 500 nafarga yaqin ishchi-xizmatchi mehnat qilayotir. Ishchilarning ijtimoiy muhofazasiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, ular bepul tushlik va transport xizmati bilan ta’minlangan.

So‘nggi yangiliklar:

Sud-huquq islohotlari – mamlakatni yangilash va modernizatsiya qilish jarayonining tarkibiy qismi

Yaxshi qo‘shiq – ijodiy hamkorlik mevasi

Oliy sudda uchrashuv

“Nafis”ning nafosatli qizlari

Ilg‘or pedagogik texnologiyalar asosida

Reklama

Курс валют (ЦБ) на сегодня:

Reklama