Iqtisodiyot

Malakali kadrlar tayyorlanmoqda

O‘zA, M.Sulaymonov, 09.09.2010 13:29

Mamlakatimizda Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida jismonan va ma’nan sog‘lom avlodni tarbiyalashga, yuksak salohiyatga ega mutaxassis kadrlar tayyorlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Shahar va qishloqlarimizda qad rostlagan kollej va akademik litseylar, umumta’lim maktablari, sport inshootlari farzandlarimizning zamonaviy bilimlarni egallashi va barkamol bo‘lib voyaga yetishi uchun xizmat qilayotir. “Barkamol avlod yili” Davlat dasturida ham bu borada keng qamrovli vazifalar belgilangan.

Barcha joylarda bo‘lganidek, Farg‘ona viloyatida ham kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini ish bilan ta’minlash asosiy vazifalardan biriga aylangan.

Viloyat o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi hududiy boshqarmasidan olingan ma’lumotlarga qaraganda, joriy yilda 44 ming 293 nafar yigit-qiz kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarni bitirdi. Ayni kunlarda shahar va tumanlardagi Muvofiqlashtiruvchi kengashlar hamda Bandlikka ko‘maklashish markazlari bilan hamkorlikda ularni o‘z sohalari bo‘yicha ishga joylashtirish choralari ko‘rilayotir. Bu borada Buvayda tumanida ham muayyan natijalarga erishilmoqda.

Buvayda qishloq xo‘jaligi kollejini joriy yilda 248 nafar yigit-qiz bitirdi. Tuman Bandlikka ko‘maklashish markazi hamkorligida o‘quv maskanining o‘zida tashkil etilgan mehnat yarmarkalari ularni ishga joylashtirishda yaxshi samara bermoqda. Hozirga qadar 218 nafar bitiruvchi fermer xo‘jaliklari, xususiy korxona va tashkilotlarda faoliyat yuritmoqda.

– Kollejimizda qishloq xo‘jaligi sohasida olti yo‘nalishda kadrlar tayyorlanadi, – deydi kollej direktori Adhamjon Imomov. – Albatta, salohiyatli va malakali mutaxassisga har doim ehtiyoj bor. Shu bois mohir pedagoglar o‘quvchilarga zamonaviy standartlar asosida bilim bermoqda. Kollejimizda muntazam tashkil etilayotgan “Ochiq eshiklar kuni”, mehnat yarmarkalari natijasida bu yerda o‘qishni xohlovchilar safi kengaymoqda, turli idora va tashkilotlarning bitiruvchilarimizga talabi oshmoqda. Hozirga qadar barcha bitiruvchilarimizni ish bilan ta’minlash bo‘yicha ikki tomonlama mehnat shartnomasi tuzilgan.

So‘nggi yillarda tumanda milliy hunarmandchilik keng rivojlanmoqda. Bu esa yoshlar bandligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etayotir. Hozir kollej bitiruvchilarining 50 nafardan ortig‘i duradgorlik, do‘ppido‘zlik bilan shug‘ullanyapti.

So‘nggi yangiliklar:

To‘kinlik, farovonlik va baraka omili

Xolisona tahlil va tanqid ruhida

Ulkan jasorat namunasi

Ustuvor vazifalar muhokama etildi

Qo‘shimcha imtiyozlar: sifat va samaradorlik

Reklama

Курс валют (ЦБ) на сегодня:

Reklama