Iqtisodiyot

Aholi uchun qulaylik

O‘zA, E.Yodgorov, 09.09.2010 12:43

Buxoro viloyati Vobkent tumani Panob aholi punkti yaqinida “Belta avtogaz” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga qarashli avtomobillarni gaz bilan to‘ldirish kompressor stansiyasi ishga tushdi.

“Xalq banki”dan olingan kredit va tadbirkorlik subyekti mablag‘i hisobiga barpo etilgan mazkur shoxobcha zamonaviy texnik vositalar bilan jihozlangan. Bu yerda kuniga 200 transport vositasiga xizmat ko‘rsatilmoqda.

Bu vobkentlik avtomobil egalariga katta qulaylik yaratdi. Ular shu paytgacha mashinalariga gaz to‘ldirish uchun Buxoro shahri yoki G‘ijduvon tumaniga qatnar edilar.

– Hozir viloyatimizda avtomobillarni gaz bilan to‘ldiradigan oltita shoxobcha faoliyat ko‘rsatmoqda, – deydi “O‘zdavneftgazinspeksiya”si Buxoro hududiy bo‘limi yetakchi muhandis-texnologi Yunus Bahronov. – Yoqilg‘ining nisbatan arzon, qolaversa, ekologik toza ushbu turiga talab oshib bormoqda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 10 fevralda qabul qilingan “Avtomobillarni gaz bilan to‘ldirish kompressor stansiyalari va avtomobillarga gaz quyish stansiyalari shoxobchalarini rivojlantirish hamda avtotransport vositalarini suyultirilgan va siqilgan gazga bosqichma-bosqich o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida joriy yilda Buxoro, Kogon, Romitan va Qorako‘l tumanlarida kuniga mingta avtomashinaga xizmat ko‘rsata oladigan beshta kompressor stansiyasini ishga tushirish ko‘zda tutilgan.

So‘nggi yangiliklar:

To‘kinlik, farovonlik va baraka omili

Xolisona tahlil va tanqid ruhida

Ulkan jasorat namunasi

Ustuvor vazifalar muhokama etildi

Qo‘shimcha imtiyozlar: sifat va samaradorlik

Reklama

Курс валют (ЦБ) на сегодня:

Reklama