![]() |
O‘zb Рус Eng Fra Deu العربية 中文 |
| Siyosat Iqtisodiyot Jamiyat Texnologiyalar Madaniyat Sport Hujjatlar Foto Xorij xabarlari Ob-havo Valyutalar |
|
Nukusda qovun sayliO‘zA, A.Ortiqboyev, 07.09.2010 13:15
Diyorimiz o‘zining shirindan-shakar mevalari, qovun-tarvuzlari bilan ham mashhur. Nukus shahrida o‘tkazilgan an’anaviy qovun saylida bu jihatlar yana bir bor o‘z ifodasini topdi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan tashkil etilgan mazkur tadbirda oltmishdan ortiq navdagi qovunlar ko‘rgazma-savdoga chiqarildi. Ayniqsa, ular orasida biyshak, gurvak, sirich, tarlama, kampir beti, ola xomma, gulobi, qari qiz kabi tilimi tilni yoradigan qovunlar barchaga manzur bo‘ldi. Prezidentimiz Islom Karimovning farmon va qarorlari asosida bog‘dorchilik, jumladan, polizchilik keng rivojlanmoqda. Xususan, mintaqada ekin zararkunandalariga qarshi kurash choralari ko‘rilayotgani yaxshi samara berayotir. Poliz ekinlari uchun ajratilgan maydonlar ikki baravarga ko‘paydi. Ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklari o‘zlari yetishtirayotgan yuqori sifatli mahsulotlarni qayta ishlamoqda. Qovun saylida yo‘qolib borayotgan noyob qovun navlarini tiklash va ko‘paytirish borasida dehqonlar o‘zaro tajriba almashdilar. Tadbir doirasida turli nominatsiyalar bo‘yicha ko‘rik-tanlovlar o‘tkazilib, g‘oliblar aniqlandi. So‘nggi yangiliklar: To‘kinlik, farovonlik va baraka omili Xolisona tahlil va tanqid ruhida |
Reklama Reklama |
| © O‘zA. Sayt materiallaridan foydalanganda manba ko‘rsatilishi shart.
O‘zA haqida | Mahsulotlar va xizmatlar | Obuna | Bog‘lanish Axborotdan foydalanish shartlari | Saytda reklama joylashtirish |