Iqtisodiyot

Sholi va dukkakli don ekinlari istiqbollari

O‘zA, S.Shoyeva, 03.09.2010 16:49

Poytaxtimizda sholi va dukkakli don ekinlari seleksiyasi, urug‘chiligi va agrotexnologik tizimini rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi ilmiy-tadqiqot institutlari olimlari, mutaxassislar ishtirok etgan anjumanda mamlakatimizda aholini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashni yanada yaxshilash maqsadida sholi va dukkakli don ekinlarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilayotgani alohida ta’kidlandi. Bu yil mamlakatimizda 90 ming gektar yerda sholi yetishtirilmoqda.

– Har yili mamlakatimizda qariyb 300 ming tonna sholi yetishtiriladi, – deydi O‘zbekiston sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti direktori, biologiya fanlari doktori Yo‘ldoshali Sayimnazarov. – Sholi va dukkakli don ekinlari nafaqat oziq-ovqat sanoati va chorvachilikda, balki yerning meliorativ holatini yaxshilash, sho‘rlanishni kamaytirish va begona o‘tlarni yo‘qotishda ham muhim ahamiyatga ega. Sholi uchun boshqa ekinzorlardan chiqqan oqava suvlarni ishlatish mumkinligi suvni tejash va ekologik tozalikni ta’minlashda qo‘l keladi.

Institutimizda sho‘rga, qurg‘oqchilikka, issiqqa chidamli, sifatli guruch beradigan yangi navlarni yaratish borasida samarali ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Jumladan, “Oq qiltiq”, “Bug‘doy boshoq”, “Mustaqillik”, “Iskandar” kabi o‘ndan ziyod yangi nav yaratilib, davlat reyestriga kiritildi. Shuningdek, soyaning “O‘zbek-6”, “O‘zbek-2”, “Do‘stlik” va “Orzu”, moshning “Navro‘z”, “Qahrabo” navlari davlat reyestriga kiritildi.

Tadbirda sholi va dukkakli don ekinlarining istiqbolli navlarini yaratish, ularni qayta ishlash va sotish tizimini rivojlantirish, ushbu ekinlarni yetishtirishni ilg‘or agrotexnologiyasini mexanizatsiyalashtirish, yer osti, sizot suvlardan foydalanishning ilmiy asoslari kabi mavzularda ma’ruzalar tinglandi.

So‘nggi yangiliklar:

To‘kinlik, farovonlik va baraka omili

Xolisona tahlil va tanqid ruhida

Ulkan jasorat namunasi

Ustuvor vazifalar muhokama etildi

Qo‘shimcha imtiyozlar: sifat va samaradorlik

Reklama

Курс валют (ЦБ) на сегодня:

Reklama