Iqtisodiyot

Bug‘doy ekish boshlandi

O‘zA, A.Ortiqboyev, 02.09.2010 15:40

Orolbo‘yi dehqonlari kelgusi yil hosili uchun kuzgi bug‘doy ekishga kirishdilar.

Yerga bug‘doy sepishni Xo‘jayli tumani g‘allakorlari birinchilardan bo‘lib boshladi. Tuman bo‘yicha 3 ming 663 gektar maydonga urug‘ sepishni rejalashtirgan dehqonlar yerga agrotexnika qoidalari asosida ishlov berib, maydonlarni ekishga taxt holga keltirmoqda.

Qo‘ng‘irot tumanidagi “Uzuncha” fermer xo‘jaligi a’zolari ham bug‘doy ekishni jadal olib bormoqda. Fermer xo‘jaligi dalasida bo‘lib o‘tgan ko‘rgazmali seminar-kengashda qishloq xo‘jaligi mutaxassislari, tajribali fermerlar, xizmat ko‘rsatish tizimi xodimlari ekish ishlarini qisqa fursatda sifatli bajarish yuzasidan o‘zaro fikrlashdilar.

So‘nggi yangiliklar:

Barkamol avlod – mamlakatimizning mustahkam tayanchi

Boshlang‘ich tashkilotlarning muhim vazifalari

O‘g‘lonlar xizmatga otlandi

Majmua yoshlar bilan gavjum

Loydan mo‘jiza yaratish san’ati

Reklama

Курс валют (ЦБ) на сегодня:

Reklama