![]() |
O‘zb Рус Eng Fra Deu Esp العربية 中文 |
| Siyosat Iqtisodiyot Jamiyat Texnologiyalar Madaniyat Sport Hujjatlar Foto Xorij xabarlari Ob-havo Valyutalar |
|
Yangi tarmoq ishga tushdiO‘zA, M.Sulaymonov, 02.09.2010 11:59
Mamlakatimizdagi yirik sanoat korxonalaridan biri – “Farg‘onaazot” aksiyadorlik jamiyatida yangi tarmoq ish boshladi. Iste’mol sodasi ishlab chiqaruvchi mazkur tarmoq ishga tushirilgach, qirqqa yaqin yangi ish o‘rni yaratildi. Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida mamlakatimizda izchil amalga oshirilayotgan Inqirozga qarshi choralar dasturida ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, xorijiy investitsiyalarni jalb etishga alohida e’tibor qaratilgan. Farg‘ona viloyatida joriy yilning birinchi yarmida sanoat yo‘nalishida 68 loyiha amalga oshirildi. Xususan, “Farg‘onaazot” aksiyadorlik jamiyati jamoasi ham bozor talabini o‘rgangan holda iste’mol sodasi ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi. Buning uchun zarur dastgohlar shu yerning o‘zida tayyorlandi. – Mahsulot yuz foiz mahalliy xomashyodan ishlab chiqarilmoqda, – deydi jamiyat ishlab chiqarish boshqarmasi boshlig‘i Adhamjon Azlarov. – Mustaqillik bayrami arafasida ilk mahsulotni savdo do‘konlariga chiqardik. So‘nggi yangiliklar: Barkamol avlod – mamlakatimizning mustahkam tayanchi |
Reklama Reklama |
| © O‘zA. Sayt materiallaridan foydalanganda manba ko‘rsatilishi shart.
O‘zA haqida | Mahsulotlar va xizmatlar | Obuna | Bog‘lanish Axborotdan foydalanish shartlari | Saytda reklama joylashtirish |