![]() |
O‘zb Рус Eng Fra Deu Esp العربية 中文 |
| Siyosat Iqtisodiyot Jamiyat Texnologiyalar Madaniyat Sport Hujjatlar Foto Xorij xabarlari Ob-havo Valyutalar |
|
Qishloq xo‘jalik mahsulotlari – shaharliklar dasturxonigaO‘zA, S.Shoyeva, 31.08.2010 16:33
Istiqlolimizning o‘n to‘qqiz yillik shodiyonalari nishonlanayotgan shu kunlarda Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar markazlarida an’anaviy qishloq xo‘jalik mahsulotlari yarmarkalari davom etmoqda. Poytaxtimizdagi “Beshyog‘och dehqon bozori”dagi ana shunday yarmarkada Qashqadaryo viloyati mirishkorlari o‘zlari yetishtirgan sifatli va nisbatan arzon mahsulotlarni xaridorlarga taqdim etayotir. Viloyat dehqon va fermerlari uchun bozorda maxsus joy va rastalar ajratilgan. Hozirga qadar 30 tonna go‘sht, 76 ming dona tuxum, 450 tonnadan ziyod kartoshka, 520 tonna piyoz, 116 tonna sabzavot, 80 tonna meva va 330 tonnadan ortiq poliz mahsulotlari xaridorlarga peshma-pesh yetkazib berildi. Yana 1000 tonnadan ortiq qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini shaharliklar dasturxoniga tortiq etish mo‘ljallanmoqda. – Tumanimizdagi 725 fermer xo‘jaligining 38 tasi meva-sabzavotchilikka ixtisoslashgan, – deydi Koson tumani hokimligi vakili Shavkat Sattorov. – Hozirga qadar fermerlarimiz yetishtirgan 76 tonna meva, uzum, sabzavot, kartoshka kabi mahsulotlar shu yarmarkada sotildi. Qishloq xo‘jalik mahsulotlari yarmarkasi 10 sentabrgacha davom etadi. So‘nggi yangiliklar: Barkamol avlod – mamlakatimizning mustahkam tayanchi |
Reklama Reklama |
| © O‘zA. Sayt materiallaridan foydalanganda manba ko‘rsatilishi shart.
O‘zA haqida | Mahsulotlar va xizmatlar | Obuna | Bog‘lanish Axborotdan foydalanish shartlari | Saytda reklama joylashtirish |