![]() |
O‘zb Рус Eng Fra Deu Esp العربية 中文 |
| Siyosat Iqtisodiyot Jamiyat Texnologiyalar Madaniyat Sport Hujjatlar Foto Xorij xabarlari Ob-havo Valyutalar |
|
Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash yo‘lidaO‘zA, M.Mametova, 29.08.2010 17:40 Poytaxtimizda O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi va Savdo-sanoat palatasi hamkorligida tadbirkorlar bilan davra suhbati tashkil etildi. Mamlakatimizda Prezident Islom Karimov rahnamoligida kichik biznes va xususiy tadbikorlikni rivojlantirish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning huquq va erkinliklarini himoya qilishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Tadbirkorlik subyektlarining biznes yuritishning dolzarb masalalariga oid bilimini oshirish maqsadida turli tadbirlar, seminarlar, anjuman va uchrashuvlar o‘tkazib kelinmoqda. Davlat bojxona qo‘mitasi, Savdo-sanoat palatasi rahbarlari va tadbirkorlarning savol-javob shaklida tashkil etilgan mazkur davra suhbati ham shular jumlasidandir. Tadbirda “O‘zstandart” agentligi, “O‘zbekekspertiza” ochiq aksiyadorlik jamiyati, O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, boshqa tashkilot va idoralar vakillari ishtirok etdi. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Baxtiyor Raimovning ta’kidlashicha, ayni paytgacha mamlakatimizda 98 marotaba shunday tadbir o‘tkazilgan. Tadbirkorlar ishtirokida tashkil etilgan bu galgi uchrashuv eksport salohiyatini oshirish, bu borada qo‘llanilayotgan mexanizmlarni takomillashtirish, tadbirkorlarimiz bilan davlat organlari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni yo‘lga qo‘yish masalalariga bag‘ishlandi. Davra suhbati doirasida Davlat bojxona qo‘mitasi va Savdo-sanoat palatasining mamlakatimiz ishlab chiqaruvchilari bilan ish olib borishi to‘g‘risida ma’ruzalar tinglandi va taqdimotlar bo‘lib o‘tdi. Masalan, Davlat bojxona qo‘mitasining axborot texnologiyalari boshqarmasi boshlig‘i Abdusobir Saidov internet-saytning yangi interfaol xizmatini ishtirokchilar e’tiboriga havola etdi. Ushbu xizmatdan foydalanuvchilar real vaqt rejimida malakali mutaxassislardan maslahat olishi, idora xodimlariga turli savollar berib, javob olishi mumkin. Tadbirkorlar taqdimot yakunida xo‘jalik munosabatlarining turli jihatlari, jumladan, eksport-import operatsiyalari, deklaratsiya to‘ldirish, litsenziyalash, mahsulotlarni standartlashtirish, bojlardan ozod qilish, bojxona imtiyozlariga ega bo‘lish hamda boshqa ko‘plab masalalarga oid savollariga javoblar oldilar. So‘nggi yangiliklar: Barkamol avlod – mamlakatimizning mustahkam tayanchi |
Reklama Reklama |
| © O‘zA. Sayt materiallaridan foydalanganda manba ko‘rsatilishi shart.
O‘zA haqida | Mahsulotlar va xizmatlar | Obuna | Bog‘lanish Axborotdan foydalanish shartlari | Saytda reklama joylashtirish |