Iqtisodiyot

Urganchda qovun sayli

O'zA, Sh.Xudoyberganov, 29.08.2010 12:00

Xorazm viloyatida aholini sifatli va arzon qishloq xo’jaligi mahsulotlari bilan ta’minlash, polizchilikni rivojlantirish, xususan, unutilib ketayozgan qovun navlarini tiklashga katta e’tibor qaratilmoqda.

Urganchda o’tkazilgan qovun saylida mirishkor fermerlar o’z mahsulotlari bilan ishtirok etdi. Ko’rgazma-savdodan gurvak, oq novvot, qorri qiz, shirin pechak, oq qosh, zar gulobi singari kamyob qovunlar joy olgani hamda narxi nisbatan arzonligi shaharliklarga va shahar mehmonlariga manzur bo’ldi.

– Vohamizda yetishtirilgan qovunlar ertapisharligi, o’ziga xos shakli va mazasi, xushbo’yligi va uzoq muddat saqlanishi bilan ajralib turadi, – deydi O’zbekiston sabzavot-poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot institutining Xorazm tayanch punkti rahbari G’ayrat Gulimov. – Mutaxassislarimiz ana shunday qovun navlarini ko’paytirish borasida chuqur izlanishlar olib bormoqda. Natijada qovunning gurlan, amudaryo, gulobi-Xorazmiy, saxovat, zar gulobi singari navlarini yaratishga muvaffaq bo’ldik.

So‘nggi yangiliklar:

Barkamol avlod – mamlakatimizning mustahkam tayanchi

Boshlang‘ich tashkilotlarning muhim vazifalari

O‘g‘lonlar xizmatga otlandi

Majmua yoshlar bilan gavjum

Loydan mo‘jiza yaratish san’ati

Reklama

Курс валют (ЦБ) на сегодня:

Reklama