Iqtisodiyot

Mahsulot turi ortmoqda

O‘zA, Yorqul Umar, 27.08.2010 11:48

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan ishlab chiqilgan Inqirozga qarshi choralar dasturining izchil joriy etilishi raqobatbardosh mahsulotlar turi va hajmini oshirishda, aholi bandligini ta’minlashda muhim omil bo‘lmoqda.

Navoiy viloyatidagi “Navoiyazot” ochiq aksiyadorlik jamiyati yurtimizdagi yirik sanoat korxonalaridan biridir. Bu yerda ishlab chiqarilayotgan yuzlab turdagi mahsulotlar Xitoy, Rossiya, Ukraina, Belarus, Qozog‘iston, Turkmaniston, Turkiya, Hindiston kabi qator davlatlarga eksport qilinayotgani korxonaning yuksak iqtisodiy salohiyatidan dalolat beradi.

Eng ulug‘, eng aziz bayram – mustaqilligimizning 19 yilligi arafasida “Navoiyazot” ochiq aksiyadorlik jamiyati qoshida yangi korxona foydalanishga topshirildi. Xitoy texnologiyasi bilan jihozlangan korxona bir yilda 20 million dona poliproplin xalta ishlab chiqarish quvvatiga ega.

– Shu kungacha “Navoiyazot” poliproplin xaltalarini boshqa korxonalardan sotib olar edi, – deydi yangi korxona rahbari Lola O‘rinova. – Endi bu xaltalar o‘zimizda ishlab chiqarilayotgani birmuncha mablag‘ni tejash imkonini berayotir. Korxonamizda 250 kishi ish bilan ta’minlandi. Ularning asosiy qismini yoshlar tashkil etadi.

So‘nggi yangiliklar:

Barkamol avlod – mamlakatimizning mustahkam tayanchi

Boshlang‘ich tashkilotlarning muhim vazifalari

O‘g‘lonlar xizmatga otlandi

Majmua yoshlar bilan gavjum

Loydan mo‘jiza yaratish san’ati

Reklama

Курс валют (ЦБ) на сегодня:

Reklama