![]() |
O‘zb Рус Eng Fra Deu Esp العربية 中文 |
| Siyosat Iqtisodiyot Jamiyat Texnologiyalar Madaniyat Sport Hujjatlar Foto Xorij xabarlari Ob-havo Valyutalar |
|
Shaharliklar dasturxoniga bayram sovg‘asiO‘zA, S.Shoyeva, 26.08.2010 20:03 Istiqlolimizning o‘n to‘qqiz yillik shodiyonalari tobora yaqinlashayotgan shu kunlarda shaharlarimiz dehqon bozorlarida o‘tkazilayotgan an’anaviy qishloq xo‘jalik mahsulotlari yarmarkalari hamyurtlarimiz bilan gavjum. Poytaxtimizdagi “Sergeli dehqon bozori”dagi ana shunday yarmarkada Jizzax viloyati mirishkorlari o‘zlari yetishtirgan sifatli va nisbatan arzon mahsulotlarni xaridorlarga taqdim etayotir. – Viloyatimiz fermerlari poytaxtimizda o‘tkazilayotgan ushbu yarmarkaga kuniga 20 tonnagacha qishloq xo‘jalik mahsulotlarini reja asosida peshma-pesh yetkazib bermoqda, – deydi Jizzax viloyat hokimligi vakili Berdiyor Xolmatov. – Hozirga qadar 50 tonna meva va sabzavot, 40 tonnadan ziyod kartoshka, piyoz, 2 tonna go‘sht va 40 tonnadan ziyodroq poliz mahsuloti sotdik. Viloyatdan kelgan dehqon-fermerlar uchun barcha shart-sharoit yaratilgani ish unumining yuqori bo‘lishini ta’minlamoqda. Arzon narxlarda yetkazib berilayotgan sifatli sabzavot, go‘sht, tuxum, uzum va meva shaharliklar dasturxonini bezash bilan birga, bozordagi narx-navoning barqaror saqlanishiga ham xizmat qilmoqda. Ayniqsa, Jizzaxning mashhur qovun-tarvuzlari yuqori sifati va arzon narxi bilan xaridorlarga ma’qul kelayotir. – Bayramlar arafasida tashkil etiladigan bunday an’anaviy savdo yarmarkalaridan mahsulot xarid qilish biz, qariyalarga katta quvonch bag‘ishlaydi, – deydi poytaxtlik pensioner Galina Antonova. – Bevosita daladan olib kelinayotgan mahsulotlarning eng sarasini tanlab olganga nima yetsin. Joylarda 10 sentabrgacha davom etadigan qishloq xo‘jalik mahsulotlari yarmarkasi doirasida “Asal bayrami” ham tashkil etilmoqda. So‘nggi yangiliklar: Barkamol avlod – mamlakatimizning mustahkam tayanchi |
Reklama Reklama |
| © O‘zA. Sayt materiallaridan foydalanganda manba ko‘rsatilishi shart.
O‘zA haqida | Mahsulotlar va xizmatlar | Obuna | Bog‘lanish Axborotdan foydalanish shartlari | Saytda reklama joylashtirish |