Iqtisodiyot

Mahsulot – eksportga

O‘zA, E.Yodgorov, 30.07.2010 11:49

Buxoro viloyatining Shofirkon tumanidagi bolalar kiyimlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “Shofirkon ekvatorialteks” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga yangi tikuv mashinalari keltirilgani loyiha quvvatini to‘liq o‘zlashtirish imkonini berdi. Bu yerda qirqdan ortiq yangi ish o‘rni yaratilib, ishchilar soni qariyb yuz nafarga yetdi.

– Bir yildan buyon shu korxonada ishlayman, – deydi Oqrabot qishlog‘ida yashovchi Mehriniso Hamroyeva. – Bu yerda men kabi o‘nlab xotin-qizlar mehnat qiladi. Unumli ishlashimiz uchun barcha shart-sharoit yaratilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 31 dekabrdagi eksport qiluvchi korxonalarni moliyaviy va kredit yo‘li bilan qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi qarori asosida Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankidan olingan 50 million so‘mlik kredit evaziga korxonada xomashyo zaxirasi yaratildi. Yaqinda bu yerda yana qo‘shimcha tikuv mashinalari o‘rnatish mo‘ljallanmoqda. Demak, ish o‘rinlari yanada ko‘payadi.

Barqaror ishlayotgan korxona joriy yilning o‘tgan davrida 140 million so‘mlikdan ziyod bolalar kiyimlari ishlab chiqardi.

– “Shofirkon ekvatorialteks” yorlig‘i bilan chiqarilayotgan mahsulotlarimizning bir qismini xorijga eksport qilmoqdamiz, – deydi jamiyat rahbari Qiyomiddin Qo‘ldoshev. – Zamonaviy bichimdagi mahsulotlarimizga buyurtmalar ko‘paymoqda. Yil oxiriga qadar mahsulotning ellik foizini eksportga chiqarish mo‘ljallanmoqda.

So‘nggi yangiliklar:

To‘kinlik, farovonlik va baraka omili

Xolisona tahlil va tanqid ruhida

Ulkan jasorat namunasi

Ustuvor vazifalar muhokama etildi

Qo‘shimcha imtiyozlar: sifat va samaradorlik

Reklama

Курс валют (ЦБ) на сегодня:

Reklama