Iqtisodiyot

“Mikrokreditbank”ning navbatdagi reyting bahosi

O‘zA, 28.07.2010 19:17

Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida mamlakatimiz moliya-bank sohasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar o‘zining yuksak samaralarini bermoqda.

Dunyoning nufuzli reyting kompaniyasi – “Fitch Ratings” tomonidan shu yil 22 iyulda “Mikrokreditbank” ochiq aksiyadorlik-tijorat bankiga joriy reyting bahosi berildi. Unda bankning 2010 yildagi faoliyati, moliyaviy holati, ya’ni zimmasidagi moliyaviy majburiyatlarini o‘z vaqtida bajara olish qobiliyatiga berilgan uzoq muddatli “Barqaror” reyting baholari yana bir bor tasdiqlandi.

Mazkur xalqaro reyting kompaniyasi bankning o‘tgan yilgi faoliyatiga ham uzoq va qisqa muddatli hamda umumiy uzoq muddatli yo‘nalishlari bo‘yicha “Barqaror” reyting baholarini bergan edi.

Bu O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 5 mayda qabul qilingan “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat bankini tashkil etish to‘g‘risida”gi farmoni asosida ish boshlagan va bugungi kunda mamlakatimizning eng chekka qishloqlariga qadar kirib borib, Inqirozga qarshi choralar dasturi ijrosini samarali ta’minlash, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va yangi ish o‘rinlari yaratish borasida keng ko‘lamli ishlarni amalga oshirayotgan mazkur bankning xalqaro miqyosdagi e’tirofidan yana bir dalolatdir.

So‘nggi yangiliklar:

Barkamol avlod – mamlakatimizning mustahkam tayanchi

Boshlang‘ich tashkilotlarning muhim vazifalari

O‘g‘lonlar xizmatga otlandi

Majmua yoshlar bilan gavjum

Loydan mo‘jiza yaratish san’ati

Reklama

Курс валют (ЦБ) на сегодня:

Reklama