Iqtisodiyot

Modernizatsiya samarasi

O‘zA, A.Ortiqboyev, 28.07.2010 17:56

Chanqovbosdi ichimliklar ishlab chiqaruvchi “Nukus-mirob” mas’uliyati cheklangan jamiyati zamonaviy texnologiyalar asosida qayta jihozlandi.

Mamlakatimizda yirik sanoat korxonalarini rivojlantirish, investitsiyalar hisobiga ishlab chiqarishni takomillashtirishga qaratilayotgan e’tibor iste’mol bozorini import o‘rnini bosadigan sifatli mahsulotlar bilan to‘ldirish imkonini bermoqda.

Orolbo‘yida ko‘p yillardan beri xaridorgir mahsulot ishlab chiqarayotgan “Nukus-mirob” mas’uliyati cheklangan jamiyatida joriy yil boshidan modernizatsiya ishlariga kirishildi. Bankdan olingan 746 ming AQSH dollari miqdoridagi kredit mablag‘i hisobiga zamonaviy texnologiya o‘rnatildi.

– Sakkiz bosqichli suv tozalagich uskunalari ishimiz unumdorligini oshirish, mahsulot sifatini yanada yaxshilash imkonini berdi, – deydi korxona rahbari o‘rinbosari Islom To‘xtaxo‘jayev. – Soatiga 9 ming litr suvni tozalaydigan va 5 ming dona idishda chanqovbosdi ichimlik qadoqlaydigan yangi liniya har tomonlama tejamkor va qulay.

Korxonada mijozlar buyurtmasi asosida 13 xilda yuqori sifatli chanqovbosdi ichimliklar ishlab chiqarilmoqda. Bu yerdagi modernizatsiya ishlaridan so‘ng yana 48 yangi ish o‘rni yaratildi. Ularga asosan Nukus shahridagi kasb-hunar kollejlarini bitirgan yosh mutaxassislar jalb etildi.

– Men kompyuter va axborot texnologiyalari kasb-hunar kollejini tugatib, o‘z mutaxassisligim bo‘yicha shu yerga ishga qabul qilindim, – deydi Ruslan Bekmuratov. – Kompressor operatori bo‘lib ishlamoqdaman. Yangi uskunalarni boshqarishda kollejda olgan bilim va ko‘nikmalarim qo‘l kelmoqda.

So‘nggi yangiliklar:

Barkamol avlod – mamlakatimizning mustahkam tayanchi

Boshlang‘ich tashkilotlarning muhim vazifalari

O‘g‘lonlar xizmatga otlandi

Majmua yoshlar bilan gavjum

Loydan mo‘jiza yaratish san’ati

Reklama

Курс валют (ЦБ) на сегодня:

Reklama