![]() |
O‘zb Рус Eng Fra Deu Esp العربية 中文 |
| Siyosat Iqtisodiyot Jamiyat Texnologiyalar Madaniyat Sport Hujjatlar Foto Xorij xabarlari Ob-havo Valyutalar |
|
Bozor yangi qiyofa kasb etmoqdaO‘zA, X.Mamatrayimov, 28.07.2010 15:26
Mamlakatimizda bozorlarni yanada obod qilish, xizmat ko‘rsatish darajasini oshirish, sotuvchi va xaridorlar uchun qulay shart-sharoit yaratish borasidagi keng ko‘lamli ishlar aholi farovonligini ta’minlashda muhim omil bo‘lmoqda. Prezidentimizning shu yil 26 aprelda qabul qilingan “Dehqon bozorlari va savdo komplekslari faoliyatini tashkil qilishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini oshirilgan narxlarda qayta sotish hollarining oldini olish, soliq va boshqa majburiy to‘lovlarning to‘g‘ri hisoblanishini kafolatlash, bozorlar va savdo majmualari hududida sifatsiz tovarlar sotilishiga yo‘l qo‘ymaslik masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Termiz shahridagi “Markaziy dehqon bozori” ham keyingi paytlarda yanada obod va ko‘rkam qiyofa kasb etmoqda. Bu yerda xaridorlar va sotuvchilar uchun barcha shart-sharoit yaratilgan, xizmat ko‘rsatish talab darajasida tashkil etilgan. Bozorning pasporti tuzilib, ixtisoslashuvi, ish tartibi, turg‘un savdo nuqtalari, savdo o‘rinlari miqdori, joylashuvi, hududdagi infratuzilma obyektlari, ko‘rsatilayotgan xizmat turlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar kiritildi. – Aholiga zamon talablari darajasida xizmat ko‘rsatish, sotuvchilarni nazorat-kassa mashinalari hamda to‘lov terminallari bilan ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda, – deydi “Markaziy dehqon bozori” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi Sharof Haitov. – Patta to‘lovlari va xizmat ko‘rsatishdan tushadigan mablag‘lar maxsus g‘azna hamda kompyuter dasturi orqali tegishli bank hisobraqamlariga kirim qilinmoqda. Hozir jami daromadning 58,3 foizini patta tushumlari, 36,8 foizini turg‘un savdo shoxobchalaridan, 4,9 foizini pullik xizmat ko‘rsatishdan tushayotgan mablag‘lar tashkil etmoqda. Hududi 2,8 gektar maydondan iborat ushbu bozordagi ochiq va yopiq pavilyonlarda 820 savdo nuqtasi mavjud va savdo rastalariga qirqdan ortiq nazorat-kassa mashinasi, o‘ttizga yaqin to‘lov terminallari o‘rnatilgan. Olibsotarlikning oldini olish maqsadida dehqonlarga o‘zi yetishtirgan mahsulotlarni sotishi uchun zarur qulayliklar yaratilgan. Savdo o‘rinlarini faqat yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tgan jismoniy shaxslarga berish joriy etilmoqda. Shuningdek, bu yerda ikkita tayyorlov savdo-xarid korxonasi tashkil etilgan. – Fermer va dehqon xo‘jaliklari bilan shartnoma tuzib, ular yetishtirayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini aholiga maqbul narxlarda yetkazib beryapmiz, – deydi “Ardus-Invest” tayyorlov savdo-xarid korxonasi bo‘lim boshlig‘i Shomurod Jumayev. – Savdo nuqtalarimizga to‘lov terminallari o‘rnatilganidan mijozlar juda mamnun. Ayni kunlarda bozor hududini kengaytirish maqsadida katta hajmdagi rekonstruksiya ishlari olib borilmoqda. Yopiq savdo pavilyoni zamonaviy usulda ta’mirlanayotir. Ulgurji savdo nuqtasi, avtomobillarni vaqtincha saqlash joyi barpo etilmoqda. Mustaqillik bayrami arafasida bozorning qator zamonaviy yangi binolari hamda savdo nuqtalari foydalanishga topshiriladi. So‘nggi yangiliklar: Barkamol avlod – mamlakatimizning mustahkam tayanchi |
Reklama Reklama |
| © O‘zA. Sayt materiallaridan foydalanganda manba ko‘rsatilishi shart.
O‘zA haqida | Mahsulotlar va xizmatlar | Obuna | Bog‘lanish Axborotdan foydalanish shartlari | Saytda reklama joylashtirish |