Iqtisodiyot

Parrandachilik – serdaromad tarmoq

O‘zA, T.Beknazarov, 28.07.2010 12:07

Jizzax viloyatida shu yilning birinchi yarmida 21 mingdan ziyod ish o‘rni yaratildi. Yangi ish o‘rinlarining uch yarim mingdan ko‘prog‘i parrandachilik, issiqxonalar tashkil etish, asalarichilik, baliqchilik kabi qishloq xo‘jaligi tarmoqlarini rivojlantirish hissasiga to‘g‘ri keladi.

Arnasoy tumanida parranda go‘shti yetishtirishga ixtisoslashgan “Buxoroparranda” mas’uliyati cheklangan jamiyatida 10 mingta broyler jo‘ja parvarish qilinmoqda. Yigirma nafardan ziyod ishchi mehnat qilayotgan korxonada tez orada bozorga arzon parhez go‘sht yetkazib berish yo‘lga qo‘yiladi.

- Ishni “Qishloq qurilish bank”ning 25 million so‘m krediti bilan boshladik, – deydi korxona rahbari O‘ktam Ahmedov. – Mahsulotimizga bozorda talab katta. Shunga ko‘ra, bank kreditini muddatidan oldin qaytarib, faoliyatimizni yanada kengaytirish borasida ish olib bormoqdamiz.

So‘nggi yangiliklar:

Barkamol avlod – mamlakatimizning mustahkam tayanchi

Boshlang‘ich tashkilotlarning muhim vazifalari

O‘g‘lonlar xizmatga otlandi

Majmua yoshlar bilan gavjum

Loydan mo‘jiza yaratish san’ati

Reklama

Курс валют (ЦБ) на сегодня:

Reklama