![]() |
O‘zb Рус Eng Fra Deu Esp العربية 中文 |
| Siyosat Iqtisodiyot Jamiyat Texnologiyalar Madaniyat Sport Hujjatlar Foto Xorij xabarlari Ob-havo Valyutalar |
|
Mijozlar manfaati ustuvorO‘zA, Lutfulla Suvonov, 27.07.2010 14:20 Mamlakatimizda plastik kartochkalar orqali hisob-kitob qilish, to‘lovlarni naqd pulsiz amalga oshirish tizimi izchil rivojlanmoqda. Prezidentimiz Islom Karimovning 2010 yil 19 aprelda qabul qilingan “Bank plastik kartochkalaridan foydalangan holda hisob-kitob tizimini rivojlantirishni rag‘batlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori mamlakatimiz bank tizimida bu boradagi ishlarni takomillashtirishda yangi istiqbollarni belgilab berdi. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Toshkent viloyati boshqarmasi va tijorat banklari tomonidan ushbu hujjatda belgilangan vazifalardan kelib chiqqan holda mijozlar manfaati ustuvorligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, naqd pulsiz hisob-kitobni amalga oshirishda soxtalashtirish hamda firibgarliklarni istisno etish choralari ko‘rilmoqda. Bu esa plastik kartochkalardan foydalanish samaradorligi ortishiga xizmat qilayotir. Muomaladagi plastik kartochkalar soni tobora ko‘paymoqda, qishloqlarda ushbu qulay usulda hisob-kitob qilish uchun zarur sharoit yaratilmoqda. “O‘zsanoatqurilishbank”ning Toshkent viloyati mintaqaviy filialidan olingan ma’lumotga ko‘ra, ayni kungacha mazkur bank tomonidan muomalaga chiqarilgan plastik kartochkalar qariyb 655 mingga, joylarda o‘rnatilgan terminallar soni esa 600 taga yetgan. O‘tgan yilning shu davriga taqqoslanganda, viloyatda plastik kartochkalar 84 foiz, terminallar 107 foizga o‘sgan. “O‘zsanoatqurilishbank” terminallari asosan savdo shoxobchalariga, bank filial va jamg‘arma kassalari hamda mini-banklariga o‘rnatilgan. Shuningdek, ko‘plab turg‘un savdo tashkilotlari, avtomobillarga yoqilg‘i quyish hamda boshqa pullik xizmat ko‘rsatish shoxobchalariga ham qo‘yilgan. 2011 yilga qadar joylarga mazkur bankning yana 92 terminali o‘rnatilishi rejalashtirilgan. Uning asosiy qismi chekka hududlardagi savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlaridan o‘rin oladi. Ayni paytda bank plastik kartochkalarining 80 foizi turli mulkchilik shaklidagi xo‘jalik yurituvchi subyektlar hissasiga to‘g‘ri kelayotir. Mazkur bankning viloyatdagi bo‘limlari tomonidan yana bir zamonaviy xizmat turi – VISA xalqaro plastik kartochkasi taklif etilmoqda. Jismoniy shaxslar uchun chiqarilayotgan VISA Classic va VISA Electron kartochkalari keng turdagi to‘lovlarni amalga oshirish imkonini beradi. “O‘zsanoatqurilishbank”ning mikro chipli VISA Classic kartochkalari egalari milliy valutada ham, AQSH dollarida ham hisobraqami ochishi mumkin. So‘nggi yangiliklar: Barkamol avlod – mamlakatimizning mustahkam tayanchi |
Reklama Reklama |
| © O‘zA. Sayt materiallaridan foydalanganda manba ko‘rsatilishi shart.
O‘zA haqida | Mahsulotlar va xizmatlar | Obuna | Bog‘lanish Axborotdan foydalanish shartlari | Saytda reklama joylashtirish |