Iqtisodiyot

Chorvachilik izchil rivojlanmoqda

O'zA, A.Ortiqboyev, 27.07.2010 11:24

Mamlakatimizning barcha joylarida bo’lganidek, Orolbo’yida chorvachilikni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilayotgani yuksak samaralar bermoqda.

Mintaqada chorvachilik, baliqchilik va asalarichilikni keng yo’lga qo’yish, mahsulot ishlab chiqarishni ko’paytirish orqali ichki bozorni to’ldirishda qator yutuqlarga erishilayotir. Bunda chorva naslini yaxshilash, mahsulot sifatini oshirish muhim omil bo’layotir.

Joriy yilda sakkizta zooveterinariya xizmati ko’rsatish va sun’iy urchitish shoxobchalari ochildi. Hozirgi kunda Qoraqalpog’iston Respublikasi bo’yicha 118 zooveterinariya shoxobchasi va 90 sun’iy urchitish punktlari faoliyat olib bormoqda.

Hududda shu yilning birinchi yarmida 2009 yilga nisbatan qoramollar bosh soni 725 mingtaga, qo’y-qo’zilar 753 mingtaga ko’paydi, parrandalar bir million 426 ming donaga yetdi. Iste’molchilarga 65 tonna sut, 22 tonna go’sht, 22 million donadan ortiq tuxum va 258 tonna baliq yetkazib berildi.

– Sohani yanada rivojlantirishda mustahkam ozuqa bazasini yaratish muhim o’rin tutadi, – deydi Qoraqalpog’iston Respublikasi chorvachilik birlashmasi rahbari Mahmud Qaypanov. – Donni qayta ishlovchi va yog’ ishlab chiqaruvchi korxonalar huzurida yordamchi xo’jaliklar tashkil etish orqali qoramollarni yanada ko’paytirishni mo’ljallamoqdamiz.

So‘nggi yangiliklar:

Barkamol avlod – mamlakatimizning mustahkam tayanchi

Boshlang‘ich tashkilotlarning muhim vazifalari

O‘g‘lonlar xizmatga otlandi

Majmua yoshlar bilan gavjum

Loydan mo‘jiza yaratish san’ati

Reklama

Курс валют (ЦБ) на сегодня:

Reklama