Iqtisodiyot

Investitsiya samaralari

O‘zA, A.Sattorov, 12.03.2010 18:28

Mamlakatimizdagi barqaror siyosiy-ijtimoiy vaziyat, qulay investitsion muhit, bu borada yaratilgan mustahkam huquqiy asoslar, moliya, soliq, kredit tizimlari, mavjud infratuzilmalar yurtimizga xorijiy sarmoyalarni jalb etishda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.

Namangan viloyati Adliya boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan seminarda bu omillar alohida ta’kidlandi. Unda viloyat hokimligi, tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo boshqarmasi, savdo-sanoat palatasi, bank, soliq, bojxona xizmati, shuningdek, xorijiy sarmoyalar ishtirokidagi korxonalar vakillari ishtirok etdi.

Anjumanda, shuningdek, viloyatdagi investitsion muhit, chet el investitsiyalarini jalb qilishning ahvoli, xorijiy sarmoyalar ishtirokidagi korxonalarni huquqiy himoya qilish va amaliy yordam berish borasidagi ishlar atroflicha muhokama etildi hamda bu borada bank, bojxona, soliq idoralari, savdo-sanoat palatasi tomonidan olib borilayotgan ishlarning natijalari muhokama qilindi. Xususan, viloyat Adliya boshqarmasi tomonidan qo‘shma va xorijiy korxonalarni huquqiy himoya qilish borasida olib borilayotgan ishlarga alohida e’tibor qaratildi.

– O‘tgan yili xorijiy sarmoyalar ishtirokidagi korxonalardan tushgan 23 murojaat tegishli tartibda o‘rganib chiqildi, 52 ta da’vo arizalari asosida korxonalarning manfaatlari himoya qilinib, ularning foydasiga to‘rt yuz million so‘mlikka yaqin zarar undirilishi yuzasidan sud ajrimlari chiqarilishiga erishildi, – deydi viloyat Adliya boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Jamshid Nuriddinov.

Bugungi kunda viloyatda davlat ro‘yxatidan o‘tgan 55 korxona xorijiy sarmoya asosida faoliyat ko‘rsatayotir. 2009 yilda ular tomonidan 183,9 milliard so‘mlik mahsulot ishlab chiqarildi va 21 million dollarlik eksport operatsiyalari amalga oshirildi.

– Norin tumanida “Klayna Tekstil” O‘zbekiston-Amerika qo‘shma korxonasini tashkil etib, kalava ip ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydik, – deydi korxona rahbari Nosirjon Xudoyberdiyev. – Natijada 180 kishi ish bilan ta’minlandi. Ayni paytda yangi texnologik liniyani olib kelib o‘rnatish loyihasi ustida ish olib bormoqdamiz.

Shuningdek, seminarda xorijiy sarmoyalar ishtirokidagi korxonalar faoliyati bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etish choralari xususida so‘z yuritildi.

So‘nggi yangiliklar:

Barkamol avlod – mamlakatimizning mustahkam tayanchi

Boshlang‘ich tashkilotlarning muhim vazifalari

O‘g‘lonlar xizmatga otlandi

Majmua yoshlar bilan gavjum

Loydan mo‘jiza yaratish san’ati

Reklama

Курс валют (ЦБ) на сегодня:

Reklama