![]() |
O‘zb Рус Eng Fra Deu Esp العربية 中文 |
| Siyosat Iqtisodiyot Jamiyat Texnologiyalar Madaniyat Sport Hujjatlar Foto Xorij xabarlari Ob-havo Valyutalar |
|
Zamonaviy nasos stansiyasiO‘zA, A.Ortiqboyev, 13.03.2010 09:55 Yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, tuproq unumdorligini oshirish, qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtirishda suvdan tejamkorlik bilan foydalanish juda muhim ahamiyatga ega. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 29 oktabrda qabul qilingan “Yerlarning meliorativ holatini yaxshilash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni asosida Beruniy tumanida ham bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Keyingi yillarda yerlarni zamonaviy lazer usulida tekislash, suv yo‘llarini kengaytirishga alohida e’tibor qaratilayotir. Tumandagi “Biybozor”, Beruniy, Ulug‘bek nomidagi fermer xo‘jaliklari birlashmalari hududida 6 ming 100 gektar sug‘oriladigan maydon mavjud. Bu yerlar hozirgacha Amudaryo sohilidagi 14-nasos stansiyasi orqali sug‘orilardi. Buning uchun katta miqdorda mablag‘ talab qilinar, nasos stansiyasi ishida ro‘y berib turadigan uzilishlar tufayli ba’zan muammolar yuzaga kelar edi. Ayni paytda bu yerga elektr quvvati bilan ishlovchi uchta zamonaviy nasos o‘rnatilmoqda. Ma’lumotlarga qaraganda, yangi nasos stansiyasi sekundiga 15 kubmetr suv chiqarish quvvatiga ega. Yangi nasos stansiyasi Navro‘z bayrami arafasida ishga tushiriladi. So‘nggi yangiliklar: Barkamol avlod – mamlakatimizning mustahkam tayanchi |
Reklama Reklama |
| © O‘zA. Sayt materiallaridan foydalanganda manba ko‘rsatilishi shart.
O‘zA haqida | Mahsulotlar va xizmatlar | Obuna | Bog‘lanish Axborotdan foydalanish shartlari | Saytda reklama joylashtirish |