![]() |
O‘zb Рус Eng Fra Deu العربية 中文 |
| Siyosat Iqtisodiyot Jamiyat Texnologiyalar Madaniyat Sport Hujjatlar Foto Xorij xabarlari Ob-havo Valyutalar |
|
“Tashabbus” ko'rik-tanlovining Buxoro viloyati bosqichiO'zA, E.Yodgorov, 12.03.2010 12:16 Buxoro viloyatida o’tgan yili xususiy sektor sub’ektlarining yalpi hududiy mahsulotdagi ulushi 60,7 foizga yetdi. Shahar va tumanlarda yaratilgan ish o’rinlarining deyarli yarmi – 35 mingdan ortig’i kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari hissasiga to’g’ri keldi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun o’tkazilayotgan “Tashabbus-2010” ko’rik-tanlovining Buxoro viloyati bosqichida qirqqa yaqin xususiy sektor vakillari ishtirok etdi. Tadbir doirasida ular ishlab chiqargan sanoat, qishloq xo’jalik mahsulotlari va hunarmandchilik buyumlari ko’rgazmasi namoyish qilindi. Buxoro shahridagi “Sulsherjahon” xususiy korxonasi faoliyatida o’tgan yili katta o’zgarishlar yuz berdi. “Aloqabank”ning viloyat filialidan olingan kredit hisobiga korxona sexlari zamonaviy texnologik uskunalar bilan jihozlandi. Bu esa kolbasa mahsulotlari turini yanada ko’paytirish, oltmish kishini ish bilan ta’minlash imkonini berdi. Korxona viloyat markazida o’z savdo do’koniga ega. Ko’rik-tanlov hay’ati “Sulsherjahon” xususiy korxonasi rahbari Sherali Sultonovni “Eng yaxshi tadbirkor” yo’nalishida g’olib, deb topdi. Vobkent tumanidagi “Olmazor” fermer xo’jaligi viloyatda ilg’orlar qatorida turadi. Mazkur xo’jalik rahbari Mahmud Ravshanov “Eng yaxshi fermer” yo’nalishida tanlovning mamlakat bosqichiga yo’llanma oldi. U o’tgan yili 247 gektar maydonda dehqonchilik qilib, hosildorlikni paxtachilikda 34, g’allachilikda 70 sentnerga yetkazdi. Xo’jalikka qarashli bog’ va donni qayta ishlash kichik sexidan olingan daromadni ham qo’shib hisoblaganda, sof foyda 84 million so’mni tashkil etdi. Tadbirning “Eng yaxshi hunarmand” yo’nalishida Buxoro shahrida faoliyat ko’rsatayotgan mis o’ymakori Xurshid Fatullayev g’olib chiqdi. Uning mahorati, o’ymakorlik san’ati an’analarini rivojlantirishga qo’shayotgan hissasi yuqori baholandi. So‘nggi yangiliklar: To‘kinlik, farovonlik va baraka omili Xolisona tahlil va tanqid ruhida |
Reklama Reklama |
| © O‘zA. Sayt materiallaridan foydalanganda manba ko‘rsatilishi shart.
O‘zA haqida | Mahsulotlar va xizmatlar | Obuna | Bog‘lanish Axborotdan foydalanish shartlari | Saytda reklama joylashtirish |