Iqtisodiyot

G‘oliblar saralandi

O‘zA, M.Sulaymonov , 12.03.2010 10:03

Andijon shahrida “Tashabbus-2010” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi yakunlandi. Unda shahar va tuman bosqichlarida g‘olib bo‘lgan 48 nafar tadbirkor ishtirok etdi.

Bu yil viloyatda tanlovga har tomonlama puxta hozirlik ko‘rildi. Bu ishtirokchilar bor imkoniyatlarini namoyish etishi uchun sharoit yaratdi. Tanlovning ochilishida mamlakatimizda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirishga katta e’tibor qaratilayotgani, viloyatda ham bu borada katta ishlar qilinayotgani alohida ta’kidlandi.

Tanlov ishtirokchilari o‘zlarining ishlab chiqarish jarayonlarini, erishayotgan yutuqlarini, mahsulotlar namunalarini namoyish etdi.

Xo‘jaobod tumanida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan “Al-Hakim” firmasida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni bugun yurtimizning ko‘plab bozorlarida uchratish mumkin. Bu yerda tayyorlanayotgan trikotaj mahsulotlar yuqori sifati bilan ajralib turadi. O‘n yil ilgari tashkil etilgan mazkur korxona o‘tgan davr mobaynida ko‘plab muvaffaqiyatlarga erishdi. Xususan, trikotaj mahsulotlarning 20 dan ortiq turi yaratildi, 84 nafar yigit-qiz ish bilan ta’minlandi.

Tanlov yakuniga ko‘ra, mazkur firma rahbari Isroiljon Urayimov “Eng yaxshi tadbirkor” deb topildi.

“Eng yaxshi fermer” nominatsiyasi bo‘yicha Oltinko‘l tumanidagi “Oltinko‘l parranda” fermer xo‘jaligi rahbari Shamsiddin Xoliqov g‘olib chiqdi. Shahrixonlik pichoqchi usta Ibrohim Rahimov “Eng yaxshi hunarmand” nominatsiyasi bo‘yicha muvaffaqiyat qozondi.

So‘nggi yangiliklar:

Barkamol avlod – mamlakatimizning mustahkam tayanchi

Boshlang‘ich tashkilotlarning muhim vazifalari

O‘g‘lonlar xizmatga otlandi

Majmua yoshlar bilan gavjum

Loydan mo‘jiza yaratish san’ati

Reklama

Курс валют (ЦБ) на сегодня:

Reklama