![]() |
O‘zb Рус Eng Fra Deu Esp العربية 中文 |
| Siyosat Iqtisodiyot Jamiyat Texnologiyalar Madaniyat Sport Hujjatlar Foto Xorij xabarlari Ob-havo Valyutalar |
|
Kamola Qodirova – tanlov g‘olibiO‘zA, A.Muhammadiyev, 10.03.2010 20:26 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun o‘tkazilayotgan “Tashabbus” an’anaviy ko‘rik-tanlovining Qashqadaryo viloyati shahar va tuman bosqichlarida to‘rt yuz nafardan ortiq hunarmand hamda tadbirkorlik subyektlari vakillari ishtirok etdi. Ko‘rik-tanlovning Qarshi shahar bosqichida 32 ishtirokchidan eng munosiblari saralab olindi. Akfa eshik-romlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “Alrut-Build” mas’uliyati cheklangan jamiyati tadbirkorlik yo‘nalishida, kashtachilik bilan shug‘ullanib kelayotgan Kamola Qodirova hunarmandchilik yo‘nalishida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. – Oilaviy bo‘lib milliy uslubda so‘zanalar, ayollar liboslari, yostiq jildlari va nimchalar tikamiz, – deydi Kamola Qodirova. – Zamonaviylik va milliylik uyg‘unlashgan bunday kashtachilik mahsulotlariga talab katta. Ayni paytda mahsulotlarimizga Germaniya, Vengriya, Malayziya, Fransiya kabi davlatlardan ham buyurtmalar tushmoqda. Bundan tashqari yangi kompyuter texnologiyasi asosida turli logotiplar, brendlar, harbiy kiyimlarga tikiladigan shivron belgilari tayyorlashni ham yo‘lga qo‘ydik. Men 2007 yili “Kelajak ovozi” tanlovida tasviriy va amaliy san’at yo‘nalishi bo‘yicha g‘olib bo‘lganman. Yurtimizda tadbirkorlar va hunarmandlarga alohida e’tibor qaratilayotgani biz, yoshlar uchun keng imkoniyatlar ochmoqda. – “Tashabbus-2010” tanlovi ishtirokchilari orasida hunarmandlar ko‘pchilikni tashkil etayotgani bejiz emas, – deydi Savdo-sanoat palatasi Qarshi shahar bo‘limi boshlig‘i Olim Boymurodov. – Bu mamlakatimizda milliy hunarmandchilikni rivojlantirish yo‘lida olib borilayotgan izchil chora-tadbirlar, yoshlarimizning milliy hunarmandchilikka qiziqishi oshayotgani, usta-shogird maktablarining faoliyati kengayib borayotgani samarasidir. Tanlovda “Yoshlarga eng ko‘p ish bergan kichik korxona”, “Eng yaxshi innovatsion loyiha” kabi yangi nominatsiyalar bo‘yicha ham g‘oliblar aniqlandi. So‘nggi yangiliklar: Barkamol avlod – mamlakatimizning mustahkam tayanchi |
Reklama Reklama |
| © O‘zA. Sayt materiallaridan foydalanganda manba ko‘rsatilishi shart.
O‘zA haqida | Mahsulotlar va xizmatlar | Obuna | Bog‘lanish Axborotdan foydalanish shartlari | Saytda reklama joylashtirish |