Iqtisodiyot

Xaridorgir mahsulotlar

O‘zA, Yorqul Umar, 10.03.2010 14:37

“Navoiy Metal Mash” mas’uliyati cheklangan jamiyatida sifatli, arzon metall buyumlar va ehtiyot qismlar ishlab chiqarilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 27 yanvarda qabul qilingan “2009 yilda sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish Dasturi to‘g‘risida“gi qarori asosida Navoiy shahrida tashkil etilgan ushbu korxonada bugungi kunda 20 nafardan ziyod yoshlar ish bilan ta’minlangan.

O‘tgan yili bu yerda eng zamonaviy metall qirquvchi, kesuvchi, tokarlik va frezerlik dastgohlari o‘rnatildi hamda temirchilik ustaxonasi ishga tushirildi.

– Ishlab chiqarish korxonalari va aholidan buyurtmalar qabul qilib olmoqdamiz, – deydi “Navoiy Metal Mash” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari Zohid Dadaboyev. – Korxonamizda 14 ta turli xil tokarlik dastgohlari ishlab turibdi. Ular yordamida bolt, rolik kabi ehtiyot qismlar, metall shkaf, temir rastalar, temir eshik, temir panjara kabi ellik turdan ortiq mahsulot tayyorlamoqdamiz.

Bu yerda xorijiy texnologiyalarni joriy etish va ishlab chiqarish hajmini oshirish hisobiga yana o‘ndan ziyod ish o‘rni ochish mo‘ljallanmoqda.

So‘nggi yangiliklar:

Barkamol avlod – mamlakatimizning mustahkam tayanchi

Boshlang‘ich tashkilotlarning muhim vazifalari

O‘g‘lonlar xizmatga otlandi

Majmua yoshlar bilan gavjum

Loydan mo‘jiza yaratish san’ati

Reklama

Курс валют (ЦБ) на сегодня:

Reklama