Iqtisodiyot

G‘oliblar aniqlanmoqda

O‘zA, E.Yodgorov, 10.03.2010 14:35

Buxoro viloyatining Romitan tumanida faoliyat ko‘rsatayotgan “Imidj tekstil” mas’uliyati cheklangan jamiyatida o‘tgan yili to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi qariyb bir yarim baravar ko‘paydi. Bu yerda tayyorlanayotgan gulli gazmollarga talab katta.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun o‘tkazilgan “Tashabbus – 2010” ko‘rik-tanlovining tuman bosqichida “Imidj-tekstil” mas’uliyati cheklangan jamiyati faoliyati yuqori baholandi. Korxona rahbari Bozor Norov tanlovda “Eng yaxshi tadbirkor”, deb topildi.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojining o‘ziga xos ko‘zgusiga aylangan an’anaviy tanlovda “Eng yaxshi fermer” va “Eng yaxshi hunarmand” yo‘nalishlari bo‘yicha ham sovrindorlar aniqlandi. Tumandagi bog‘dorchilikka ixtisoslashgan “Gulmira, Sarvinoz, Dilnovoz” fermer xo‘jaligi rahbari Safar Atoyev hamda mohir hunarmand Azim Po‘latov tanlovning viloyat bosqichida qatnashish huquqini qo‘lga kiritdi.

Viloyatda “Tashabbus – 2010” ko‘rik-tanlovining shahar va tuman bosqichlari yuqori saviyada o‘tkazilmoqda.

So‘nggi yangiliklar:

Barkamol avlod – mamlakatimizning mustahkam tayanchi

Boshlang‘ich tashkilotlarning muhim vazifalari

O‘g‘lonlar xizmatga otlandi

Majmua yoshlar bilan gavjum

Loydan mo‘jiza yaratish san’ati

Reklama

Курс валют (ЦБ) на сегодня:

Reklama