![]() |
O‘zb Рус Eng Fra Deu العربية 中文 |
| Siyosat Iqtisodiyot Jamiyat Texnologiyalar Madaniyat Sport Hujjatlar Foto Xorij xabarlari Ob-havo Valyutalar |
|
Innovatsion g‘oyalar – taraqqiyot omiliO‘zA, Madina Umarova, Nodira Manzurova, 02.03.2010 16:23
Poytaxtimizdagi “O‘zekspomarkaz”da III Respublika innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar yarmarkasi davom etmoqda. Davlatimiz rahbari Islom Karimov tashabbusi bilan uchinchi bor tashkil etilgan mazkur tadbirda qator vazirlik va idoralar, banklar, turli tarmoq korxonalari, jumladan, xususiy va qo‘shma korxonalar, fermer xo‘jaliklari, Fanlar akademiyasi tizimidagi ilmiy muassasalar, oliy o‘quv yurtlari, ilmiy markazlar, tajriba-konstruktorlik tashkilotlari ishtirok etmoqda. Iqtisodiyot vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi, Fanlar akademiyasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi tomonidan tashkil etilgan yarmarka Prezidentimiz Islom Karimovning 2008 yil 15 iyulda qabul qilingan “Innovatsion loyihalar va texnologiyalarni ishlab chiqarishga tatbiq etishni rag‘batlantirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash doirasida o‘tkazilmoqda. Ushbu tadbir mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning yana bir samarasi bo‘lib, yangi g‘oyalarni amaliyotga tatbiq etish, ilm-fan va sanoatni yuksaltirish va shu orqali ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, valutani tejash, ichki bozorda mahalliy mahsulotlar ulushini ko‘paytirish, ilmiy muassasalar bilan korxonalar o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlar ochmoqda. Mamlakatimizda qishloq xo‘jaligini barqaror rivojlantirish, yerlarning meliorativ holatini yaxshilash va shu asosda hosildorlikni ko‘paytirish, melioratsiya ishlarini tashkil qilish va moliyalashtirish mexanizmini takomillashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bunda davlatimiz rahbarining 2007 yil 29 oktabrda qabul qilingan “Yerlarning meliorativ holatini yaxshilash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni muhim omil bo‘layotir. – Yurtimizda qishloq xo‘jaligi sohasida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar samarasida yer resurslaridan oqilona foydalanish, tuproq unumdorligini oshirish, qishloq xo‘jaligiga zamonaviy texnologiyalarni jalb etish borasida yuksak natijalarga erishilmoqda, – deydi Toshkentdagi “Baykal” mas’uliyati cheklangan jamiyati bosh direktori Bahodir Boyjonov. – Fermerlik harakati dehqonlarda yerga egalik hissini kuchaytirish va hosildorlikni oshirish barobarida, tuproqning meliorativ holatini yaxshilashga ham xizmat qilayotir. Biz ushbu yarmarkada taklif etayotgan “Baykal EM1” mikrobiologik o‘g‘iti yer mikroflorasini to‘la tiklash, tuproq unumdorligini oshirish, ekologik toza mahsulotlar yetishtirish imkonini beradi. Shu vaqtgacha qiymati 500 million so‘mdan ziyod shartnomalar imzoladik. Mamlakatimizda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilayotir. Davlatimiz rahbarining 2002 yil 30 mayda qabul qilingan “Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to‘g‘risida”gi farmoni bu yo‘nalishdagi islohotlarda muhim dasturilamal bo‘lmoqda. – Ushbu an’anaviy yarmarka yangi g‘oyalar bilan tanishish va o‘rtoqlashish, ularni amaliyotga tatbiq etishda hamkorlik qilish, fikr va tajriba almashish imkonini berayotganidan g‘oyat mamnunmiz, – deydi “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasining bosh mutaxassisi Karim Mullaboyev. – Kompaniyamiz uch yirik loyiha bilan ishtirok etmoqda. Toshkent shahar telefon tarmog‘idagi barcha raqamli telefon stansiyalarini boshqaradigan yagona monitoring markazi tuzish niyatidamiz. Bu loyihaning afzalligi shundaki, u stansiyalarda vujudga kelgan nosozliklar haqida tezda xabar topish va muammoni qisqa vaqtda bartaraf etish imkonini beradi. O‘tgan yilgi yarmarkada umumiy qiymati 500 million so‘mdan ziyod bir nechta shartnoma tuzgan edik. Ushbu ko‘rsatkichni yanada oshirish niyatidamiz. Qayd etish joizki, III Respublika innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar yarmarkasi O‘zbekistonda yaratilgan eng istiqbolli texnologiyalar bilan keng ko‘lamda tanishish va ularni ishlab chiqarishga joriy etish imkonini bermoqda. Yarmarkada sanoat, qishloq xo‘jaligi, sog‘liqni saqlash, farmatsevtika, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, ilm-fan va ta’lim sohalariga oid yuzlab yangi texnologiya va ishlanmalar namoyish etilayotir. Xalqaro talablarga to‘liq javob beradigan, eksportbop va import o‘rnini bosadigan mahsulotlar ishlab chiqarishga qaratilgan ushbu innovatsion g‘oyalar kelgusida mamlakatimiz iqtisodiyotini yanada taraqqiy ettirishga xizmat qiladi. So‘nggi yangiliklar: To‘kinlik, farovonlik va baraka omili Xolisona tahlil va tanqid ruhida |
Reklama Reklama |
| © O‘zA. Sayt materiallaridan foydalanganda manba ko‘rsatilishi shart.
O‘zA haqida | Mahsulotlar va xizmatlar | Obuna | Bog‘lanish Axborotdan foydalanish shartlari | Saytda reklama joylashtirish |