Xorijdan tovar-moddiy boyliklarni olib kirishda ayrim shaxslar tomonidan amaldagi tartib-qoidalarga rioya qilmaslik holatlari aniqlanmoqda.

Joriy yilning o‘tgan davrida “Samarqand-aeroport” bojxona posti xodimlari tomonidan aniqlangan 242 bojxona qoidabuzarlik natijasida qiymati salkam 595 million so‘mlik tovar-moddiy boylik mahsulotlarining noqonuniy olib o‘tilishiga chek qo‘yilgan.

Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan taqiqlangan materiallar hamda maxsus ruxsatnomalar talab etuvchi tovar-moddiy boyliklarni noqonuniy olib o‘tishga harakat qilgan yana bir yo‘lovchi fosh etildi.

Davlat bojxona qo‘mitasidan xabar qilinishicha, Moskva-Samarqand yo‘nalishi bo‘yicha samolyotda uchib kelgan fuqaro N.Ismoilov (ism-familiya o‘zgartirilgan) o‘zi bilan olib o‘tayotgan tovarlar haqida yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasi va bojxona xodimining og‘zaki so‘rovlari paytida ma’lum qilmagan.

Unga tegishli bo‘lgan bagaj bojxona nazoratidan o‘tkazilganda, yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan 60 dona har biri 1 litr o‘lchamli idishlarga qadoqlangan qishloq xo‘jalik ekinlari zararkunandalariga qarshi ishlatiladigan “Akaritsid” nomli dori vositasi, 4 dona “Edam SE-3” markali elektrokardiograf va 1 dona “DUS 60” markali “EDAN” nomli tibbiyot moslamasi borligi aniqlangan.

Shu bilan birga, fuqaroga tegishli bo‘lgan uyali telefon tekshirilganda, ushbu telefon xotirasida 100 dona behayo mazmundagi videofayl borligi ma’lum bo‘lgan.

Ekspertiza xulosalariga ko‘ra, uyali telefon fayllaridagi videotasvirlar pornografik mazmunga ega ekanligi, “Akaritsid” dori vositasi O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligida qo‘llanishga ruxsat etilgan himoya vositalari ro‘yxatiga kiritilmaganligi, olingan 2 turdagi tibbiyot buyumlarini sotish va tibbiyot amaliyotida qo‘llanishi taqiqlanganligi qayd etilgan. Fuqaro N.Ismoilovdan olingan tovarlarning qiymati salkam 90 million so‘mni tashkil etgan.

N.Ismoilovga O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 182-moddasiga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
595 million so‘mlik tovar-moddiy boylik mahsulotlarining noqonuniy olib o‘tilishiga chek qo‘yildi