Ilmiy taraqqiyot yuksalishi bilan to‘qimachilikda sintetik mahsulotlar sof paxta, ipak yoki tabiiy jundan tayyorlangan matolar o‘rnini jadal egalladi. Bu kiyinish madaniyatida “moda”larning “umri qisqarishi”, yildan-yilga yangilari paydo bo‘lishida ham o‘z ifodasini topmoqda.

Ilmiy taraqqiyot yuksalishi bilan to‘qimachilikda sintetik mahsulotlar sof paxta, ipak yoki tabiiy jundan tayyorlangan matolar o‘rnini jadal egalladi. Bu kiyinish madaniyatida “moda”larning “umri qisqarishi”, yildan-yilga yangilari paydo bo‘lishida ham o‘z ifodasini topmoqda. Biroq bu raqobatda tarixi uzoq asrlarga borib taqaladigan ipak gazlama o‘z mavqeida mustahkam turgani ham ayni haqiqat.

Milliylik va zamonaviylikni o‘zida mujassam etgan va opa-singillarimiz egnida kamalakdek jilolanib turgan atlasu adras liboslar ham ipakdan to‘qilgan matolardan tikilgan. Ammo uning xomashyosi tabiat mo‘jizasi – ipak qurti o‘ragan pilla ekanini ko‘pchilik xayoliga ham keltirmaydi.

Mutaxassislarning fikricha, atigi 2 gramm tosh bosadigan bitta pilla 1000 metrga yaqin tola beradi. 100 kilogramm pilladan 100-140 metr gazlama to‘qishga yetarli ipak olish mumkin. Ipak tolasining mustahkamligi po‘lat simnikiga yaqin bo‘lib, 1 kvadrat millimetrli ipakni uzish uchun 50 kilogrammga teng kuch sarflash kerak. Ko‘rinib turibdiki, ipak nafaqat to‘qimachilik sanoatida, balki harbiy, aviatsiya, tibbiyot va boshqa sohalarda ham bebaho xomashyo hisoblanadi.

Butun mamlakatimizda bo‘lgani kabi Namangan viloyatida ham keyingi yillarda pillachilikni jadal rivojlantirish, sohaga innovatsion texnologiyalarni joriy etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

“Namangan hududiy agropilla” mas’uliyati cheklangan jamiyati ma’lumotlariga ko‘ra, 2017 yilda viloyat bo‘yicha barcha yo‘nalishdagi 9 ming 432 subyekt, jumladan, fermer xo‘jaliklari orqali 46 ming 400 pillakor xo‘jaliklar bilan pilla yetishtirish bo‘yicha shartnoma tuzilgan va ularga 48 ming quti ipak qurti tarqatilgan.

Sifatli pilla yetishtirishda ko‘plab omillar qatori ipak qurtiga ozuqa yetkazib berish alohida ahamiyatga ega. Bu borada viloyatda pillachilik korxonalarini moliyaviy sog‘lomlashtirish, ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, sifatli va mo‘l pilla yetishtirishni tashkil etish, mahalliy tut, ipak qurti urug‘ini tayyorlash bo‘yicha 2017-2021-yillarda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar dasturi doirasida muayyan ishlar amalga oshirildi.

O‘tgan yili viloyat bo‘yicha 1,5 million tup tut ko‘chati ekilgani qurt ozuqasi taqchilligining oldini olishda muhim ahamiyat kasb etdi. Bu tadbir bilan mavjud 6 million tupdan ziyod yakka qator tut daraxti, 2 ming 800 gektarga yaqin tutzorlar xatolari to‘ldirildi. Mavjud yakka tut qator oralari va maxsus plantatsiyalarda haydash, o‘g‘itlash, sug‘orish kabi muhim agrotexnik tadbirlar o‘z vaqtida o‘tkazildi. Mingbuloq, Namangan, Norin, Uychi va Uchqo‘rg‘on tumanlarida yangi ko‘chat ekish va rekonstruksiya qilish hisobidan jami 68 gektardan ziyod maydonda intensiv tutzorlar barpo etildi.

Fermer xo‘jaliklari bilan shartnoma tuzgan qurt boquvchi xonadonlarga ipak qurtini parvarishlash borasida amaliy va uslubiy yordam ko‘rsatilib, zarur miqdordagi o‘rama qog‘oz, termometr, psixrometr, bo‘z mato, dezinfeksiya preparatlari va boshqa vositalar yetkazib berildi. Pillakorning moddiy manfaatdorligi ustuvorligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilib, “Verigirow Ipagi”, “Golden Silk” kabi pillani qayta ishlash korxonalari tomonidan jami yetkazib beriladigan 28 milliard so‘mlikka yaqin xomashyo qiymatining 30 foizi xo‘jaliklarga bo‘nak sifatida oldindan to‘lab berildi. Pirovardida viloyat pillakorlari mazkur korxonalarga 571 tonna qimmatbaho sanoat xomashyosi yetkazib berdi.

Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, plyonka ostida pilla yetishtirish, takroriy pilla yetishtirish texnologiyalari viloyatda muvaffaqiyatli joriy etilmoqda.

– Takroriy pilla yetishtirish texnologiyasi yildan-yilga yaxshi samara bermoqda, – deydi “Namangan hududiy agropilla” mas’uliyati cheklangan jamiyati raisi o‘rinbosari A.Bekmirzayev. – Joriy yil avgust-sentabr oylarida 3 ming 800 qurt boquvchiga 1000 quti takroriy pilla hosili uchun ipak qurti urug‘i tarqatildi. Takroriy pilla yetishtirish an’anaviysiga qaraganda ancha murakkab, shuning uchun 5-10 grammdan ortiq qurt urug‘i berilmaydi. Shunga qaramay, bu boradagi 40 tonna pilla yetishtirish rejasi ortig‘i bilan bajarildi. Hosilning har kilosiga 15 ming so‘mdan pul berilgani, ya’ni qurt boquvchi manfaatdorligi oshirilgani mazkur texnologiyaning istiqbolini kengaytirmoqda. Shuningdek, ipak qurtini plyonka ostida boqishning afzalliklari o‘z amaliy isbotini topdi. Jumladan, qurtning kichik yoshida pillakor mehnati 35 foizga kamayadi. An’anaviy usulda qurtning 1-2 yoshida 12 marta barg solinsa, yangi texnologiyada 3 marta oziqlantirish kifoya qiladi. Barg o‘z namligini plyonka ostida uzoq saqlab turishi hisobidan ozuqa 20 foizga tejalib, hosildorlik har qutidan 5-6 kilogrammga ortadi. Prezidentimizning 2017-yil 29-martdagi “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori soha rivojini yangi bosqichga ko‘tardi. Ushbu hujjatda pillachilikning ozuqa bazasini jadal rivojlantirish, ipak qurti parvarishlash va pilla yetishtirish, pillani qayta ishlash jarayonlarini takomillashtirish borasidagi dolzarb vazifalar belgilab berildi. Viloyatimizda ham sohani shu asosda rivojlantirish bo‘yicha belgilangan chora-tadbirlar asosida ish olib borilmoqda. Buning samarasi kelgusi yil natijalarida albatta o‘z ifodasini topadi.

Xo‘sh, viloyat pillakorlarining yangi yil uchun rejalari qanday?

2018-yilda viloyatda 1 ming 550 tonna pilla yetishtirish rejalashtirilgan. Yetishtirilgan xomashyo “Verigirow Ipagi”, “Golden Silk”, “Marjon tola fayz”, “Oydin ko’l savdo”, “Fabrik tex” kabi zamonaviy texnologiyalar asosida ishlaydigan korxonalarda qayta ishlanadi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
2 grammlik bitta pilladan 1000 metrga yaqin tola olinadi