Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Выбрать дату в календареВыбрать дату в календаре

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti amerikalik ishbilarmonlar bilan uchrashdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti amerikalik ishbilarmonlar bilan uchrashdi

19.09.2017 | Siyosat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Nyu-York shahrida AQShning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi. Uchrashuvda Amerika – O‘zbekiston savdo palatasi raisi Kerolin Lemm, «Jeneral Elektrik» kompaniyasi prezidenti Ron Pollett, «Xanivell» kompaniyasi bo‘linmasi prezidenti va bosh direktori Rajiv Gautam, «SiEnEych Indastrial» kompaniyasi vitse-prezidenti Stiven Naderni, «Dir end Kompani» kompaniyasi prezidenti Jeyms Fild ishtirok etdi.

Kiber tahdidlar va buyumlar interneti
Kiber tahdidlar va buyumlar interneti

19.09.2017 | Texnologiyalar

Poytaxtimizda davom etayotgan «ICTWEEK Uzbekistan – 2017» axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi doirasida Xalqaro elektraloqalar ittifoqining «IoT» buyumlar interneti sohasi kiber xavfsizligining muhim masalalariga bag‘ishlangan hududiy seminar o‘tkazildi.

Birinchi Prezidentimiz xotirasiga ehtirom
Birinchi Prezidentimiz xotirasiga ehtirom

19.09.2017 | Jamiyat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy memorial majmua tashkil etildi. Mazkur memorial majmua tomonidan Buyuk Yo‘lboshchimizni yaqindan bilgan mamlakatimiz va chet el fuqarolaridan Islom Karimovning hayoti va faoliyati bilan bog‘liq xotiralari aks etgan yozma, foto va videomateriallarni qabul qilish ishlari yo‘lga qo‘yilgan.

Muammolar xonadonma-xonadon yurib o‘rganilmoqda

19.09.2017 | Jamiyat

Buni Namangan viloyatining To‘raqo‘rg‘on tumanida olib borilayotgan ishlar misolida ham yaqqol ko‘rish mumkin. Tuman hokimining qarori bilan tasdiqlangan sektor rahbarlari va jamoatchilik nazorat guruhlari tomonidan hududda ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish, ma’naviy muhitni yanada yaxshilash bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilangan.

Huquqbuzarlar qo‘lga olindi

19.09.2017 | Jamiyat

Qashqadaryo viloyatida har hafta payshanba kuni o‘tkazilayotgan profilaktika tadbirlarida jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish, ularni sodir etilishidan oldin aniqlash, aholi o‘rtasida targ‘ibot ishlari olib borishda huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan birga, keng jamoatchilik vakillarini ham jalb etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Farg‘onada “Vatan himoyasi – muqaddas burch” shiori ostida harbiy-vatanparvarlik tadbirlari o‘tkazilmoqda

19.09.2017 | Jamiyat

Mamlakatimizda zamonaviy harbiy texnika va qurol-yarog‘, professional harbiy mutaxassislarga ega milliy armiyamiz barpo etilgani Qurolli Kuchlarimiz saflarida xizmat qilishni shon-sharaf ishiga aylantirib, mustaqilligimiz va sarhadlarimiz daxlsizligini, xalqimizning tinch-osoyishta hayotini ta’minlashda yuksak samaralar bermoqda. Ayni shu jihatlar yosh avlod qalbida vatanparvarlik va tug‘ilib o‘sgan yurtga muhabbat tuyg‘ulari yuksalishida alohida ahamiyat kasb etmoqda.

AKT haftaligi: istiqbol va ustuvor yo‘nalishlar
AKT haftaligi: istiqbol va ustuvor yo‘nalishlar

19.09.2017 | Texnologiyalar

Mamlakatimizda ish boshlagan «ICTWEEK Uzbekistan –2017» an’anaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi 22-sentabrga qadar davom etadi. Haftalik doirasida AKT tarmoqlarini rivojlantirishga qaratilgan qator tadbirlar, aloqa va axborotlashtirish sohalarida qo‘lga kiritilgan so‘nggi yutuqlar taqdimoti bo‘lib o‘tadi.


Новости 1 - 20 из 23
Начало | Пред. | 1 2 | След. | Конец Все






Все о погоде - Pogoda.uz