O‘zA haqida

Ahmad Toshxo‘jayev

O‘zbekiston Milliy axborot agentligi Bosh direktori o‘rinbosari.

15.03.1952 yilda Namangan viloyatining To‘raqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan. Millati – o‘zbek, partiyasiz. Ma’lumoti – oliy.

1974 yilda O‘zbekiston Milliy universitetining jurnalistika fakultetini tamomlagan. 1995 yili “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist” unvoni bilan taqdirlangan.

Mehnat faoliyatini To‘raqo‘rg‘on tumanidagi 3-o‘rta maktabda o‘qituvchilikdan boshlagan. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi H.Olimjon nomidagi Adabiyotchilar uyida katta inspektor, “Cho‘lpon” nashriyotida muharrir, katta muharrir, bo‘lim mudiri, O‘zbekiston Milliy axborot agentligida yetakchi tarjimon, bosh muharrir o‘rinbosari, bosh muharrir, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Devonida bosh konsultant lavozimlarida ishlagan.

2005 yildan hozirgi vaqtgacha O‘zbekiston Milliy axborot agentligi Bosh direktori o‘rinbosari lavozimida ishlab kelmoqda.

Qabul kunlari:

seshanba, chorshanba

11:00-13:00

O‘zA rahbariyati

Bosh direktor:

Bosh direktor o‘rinbosarlari:

Fuqarolar murojaatlari bilan ishlash

  • Behzod Norboyev, kotibiyat mudiri

Agentlik yangiliklari