Русский | English | Français | Deutsch | العربية Saytning oldingi versiyasi

O‘zA haqida

Mamatqul Hazratqulov

O‘zbekiston Milliy axborot agentligi Bosh direktori.

01.02.1947 yilda Samarqand viloyatining Urgut tumanida tug‘ilgan. Millati – o‘zbek, partiyasiz. Ma’lumoti – oliy.

1970 yili O‘zbekiston Milliy universitetining jurnalistika fakultetini tamomlagan. Rus, ozarbayjon, turk tillarini biladi. 1988 yilda “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist” unvoni bilan taqdirlangan.

Mehnat faoliyatini oddiy ishchilikdan boshlagan. “O‘zbekiston madaniyati” (“O‘zbekiston adabiyoti va san’ati”) gazetasida adabiy xodim, mas’ul kotib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Devonida konsul’tant, bosh konsul’tant, “O‘zbekkino” davlat aksionerlik kompaniyasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan.

2001 yildan hozirgi vaqtgacha O‘zbekiston Milliy axborot agentligining Bosh direktori lavozimida ishlab kelmoqda.

Qabul kunlari:

dushanba, chorshanba

11:00-13:00

O‘zA rahbariyati

Bosh direktor:

Bosh direktor o‘rinbosarlari:

Fuqarolar murojaatlari bilan ishlash

  • Behzod Norboyev, kotibiyat mudiri

Agentlik yangiliklari