Yaponiya Rossiyaga norozilik bildirdi
Bugun Tokioda o‘tkazilgan matbuot anjumanida Yaponiya Vazirlar Mahkamasi bosh kotibi Yosixide Suga Kuril orollarida joylashtirilgan RF Sharqiy harbiy okrugi o‘quv-tayyorgarlik majmualarida nazorat tekshiruvi doirasida o‘tkazilayotgan Tinch okeani floti aviatsiya va kemalarining keng ko‘lamli o‘quv-mashg‘ulotlari uchun Yaponiya Rossiyaga norozilik bildirganini ma’lum qilgan.
Bugun Tokioda o‘tkazilgan matbuot anjumanida Yaponiya Vazirlar Mahkamasi bosh kotibi Yosixide Suga Kuril orollarida joylashtirilgan RF Sharqiy harbiy okrugi o‘quv-tayyorgarlik majmualarida nazorat tekshiruvi doirasida o‘tkazilayotgan Tinch okeani floti aviatsiya va kemalarining keng ko‘lamli o‘quv-mashg‘ulotlari uchun Yaponiya Rossiyaga norozilik bildirganini ma’lum qilgan.Bu haqda TASS yozadi.
"Biz diplomatik kanallar orqali norozilik bildirdik, chunki to‘rtta orolda harbiylar (Rossiya Federatsiyasining borligi) kuchayib borishi Yaponiya pozitsiyasiga zid keladi. Bu muammoni bir butunlikda yechish uchun avvalo bu orollarning hududiy tegishlilik masalalarini hal qilib olishimiz kerak”, degan Yosixide Suga.
Ma’lum bo‘lishicha, Tinch okeani floti aviatsiya va kemalarining keng ko‘lamli o‘quv-mashg‘ulotlarida 2,5 mingdan ziyod kishi va 800 ta texnika qatnashmoqda.
Aslida ayni masala yuzasidan Yaponiyaning Rossiyaga norozilik bildirishi negizida ko‘p yillardan buyon Moskva va Tokioning Kuril orollarining janubiy qismiga egalik qilish masalasida bir to‘xtamga kelolmasligi sabab. Chunki Ikkinchi jahon urushidan keyin butun arxipelag sobiq Ittifoq tarkibiga o‘tgan bo‘lsada, Yaponiya Itirup, Kunashir, Shikotan va boshqa bir guruh orollarni o‘ziga tegishli ekanligini ta’kidlab keladi.