Jurnalist va kuzatuvchilar AQSH va KXDR rahbarlari dastlabki ko‘rishuvda bir-birining qo‘lini 12 soniya davomida siqib turganiga e’tibor qaratmoqda. Bu ikki tomonning murosa va kelishuvga moyil, suhbat uchun ochiq ekanini anglatadi.

Sarlavhada so‘roq belgisi yo‘qligiga e’tibor bermang... Singapurda AQSH Prezidenti Donald Tramp va KXDR rahbari Kim Chen Inning ilk tarixiy uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu ikki davlat o‘nlab yillar davomida dahanaki jang va bir-biriga dag‘dag‘a solishdan bo‘shamay kelayotgan edi. Ularning rahbarlari o‘rtasida yuzma-yuz muloqot tashkil qilish mumkinligiga ishonch so‘nib bo‘lgandi.

Singapur sammiti Koreya yarimorolida tinchlikni qaror toptirish va uni denuklearizatsiya qilishda g‘oyat muhim qadam bo‘ldi.

Buni D.Tramp va Kim Chen Inning so‘zlari tasdiqlaydi.

“Bu men uchun sharaf, men a’lo darajada munosabat o‘rnatishimizga ishonaman. Kayfiyatim zo‘r. O‘ylaymanki, o‘rtamizda ajoyib suhbat bo‘lib o‘tadi va biz katta yutuqlarga erishamiz”, dedi AQSH Prezidenti.

Kim Chen In ushbu sammitga erishish uchun ikki mamlakat ancha dovonlarni oshib o‘tganini ta’kidlar ekan, “eski amaliyot va arazlar olg‘a siljishimizga xalal berayotgani edi, lekin biz ularni ortda qoldira oldik va bugun bu yerda uchrashib turibmiz”, dedi.

“Haq gap”, dedi shu zahoti uning fikrini tasdiqlab D.Tramp.

Ularning tor doiradagi suhbati 38 daqiqa davom etdi. Muzokara zalidan chiqar ekan AQSH Prezidenti “juda zo‘r bo‘ldi!” deya jurnalistlarga xitob qildi.

Kengaytirilgan tarkibdagi muzokarani ham tomonlar ko‘tarinki ruhda o‘tkazdi. Shohona “bir piyola choy ustida” bo‘lgani uchunmi, yoki haqiqatan ham muloqotga intiqlik ikki tomonda ham juda kuchli ekanidanmi, har holda, “o‘yinbuzuqilik” bo‘lmadi.

Shundan so‘ng Donald Tramp va Kim Chen In uchrashuv yakunlari bo‘yicha qo‘shma hujjatni imzoladi.

Unga binoan AQSH va KXDR yangi formatdagi ikki tomonlama munosabatlarni qaror toptirishni o‘z zimmasiga oladi, Koreya yarimorolida mustahkam tinchlik o‘rnatilishi uchun barcha sa’y-harakatlarni safarbar etadi.

KXDR AQSH xavfsizlikni kafolatlaydigan bo‘lsa, yadro qurolidan voz kechishga tayyor. Bu boradagi kelishuvning amaliy jihatlarini belgilab olish uchun yaqin orada tashqi siyosat mahkamalari rahbarlarining uchrashuvi o‘tkaziladi.

Kim Chen In ushbu tarixiy sammitdan keyin dunyo ahli ko‘plab o‘zgarishlarga guvoh bo‘lishini ta’kidladi.

Donald Tramp endilikda AQSH-KXDR munosabatlari ilgarigiga mutlaqo o‘xshamaydigan, butunlay boshqacha bo‘lishini qayd etdi.

Ikki rahbar sammit muvaffaqiyatli o‘tgani munosabati bilan bir-birini tabrikladi.

Kayfiyat shu darajada yaxshi ediki, Donald Tramp Kim Chen Inni Oq uyga taklif qilishga tayyor ekanini aytdi. U KXDR rahbarini o‘z yurtiga cheksiz mehr qo‘ygan o‘ta iste’dodli inson deb atadi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tramp Kim bilan uchrashdi